Toşkent viloyatining Pskent tumanidagi avtopoligon örnida avtomobillarni sinovdan ötkaziş bazasi loyihasi işlab çiqilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
«Özavtosanoat» qoşidagi R&D markazi muhandisi Fikret Umerovning ma'lum qilişiça, uşbu bazada mahalliy va import qilinadigan avtomobillarning belgilangan standartlarga mosligi tekşiriladi.
Majmua taşkil etilişi bilan, avtomobillarni test qilişga sarflanadigan xarajatlar 80 foizga qisqarişi aytilmoqda.
Sinov jarayonida avtomobillarning BMT YeIK qoidalari №13-N (tormoz tizimi samaradorligi), 48-04 (yoritiş vositalari), 51-02 (şovqin) talablariga mosligi tekşiriladi.
«Markaziy Osiyoda yagona bölgan xalqaro standartlar böyiça sinov ötkaziş imkoniyatini yaratib, MDH va boşqa davlatlarga sinov xizmatlarini körsatiş ham loyihaga kiritilgan», – dedi Fikret Umirov 29 oktabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligida bölib ötgan «Avtomobilsozlikdagi dolzarb muammolar va innovatsiyalar» mavzusidagi seminarda.
Eslatib ötamiz, 2017 yilda qabul qilingan prezident qarori bilan, Pskent avtomobil poligoni «Özavtosanoat» AJga berilgan edi.
«Özavtosanoat»ga poligon örnida avtomobillarni sertifikatsiya, yöl-poligon, iqlim, körgazmali va boşqa laboratoriya tajribalaridan, şuningdek, sport tadbirlari ötkaziş imkonini beradigan yangi zamonaviy korxona taşkil etiş vazifasi qöyilgan.
Korxonani quriş va jihozlaş uçun çetdan keltiriladigan quriliş materiallari, uskunalar va ular uçun ehtiyot qismlar, butlovçi qismlar, texnologiya hujjatlari, asboblar va xomaşyolar bojxona tölovlaridan 2020 yil 1 yanvargaça ozod etilgan edi.
Ma'lumot uçun, Özbekistondagi ilk avtopoyga poligoni Toşkent viloyatining Parkent tumanida qurilişi rejalaştirilgan.

















