Toşkent şahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlaniş departamenti rahbari örinbosari Aleksey Xen 27 oktabr kuni bölib ötgan Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşining yigirma beşinçi sessiyasida Toşkent şahridagi 114ta çorraha va boşqa joylarda kameralarning litsenziyasi tugaganini aytib, mahalliy budjetning qöşimça manbalaridan maxsus avtomatlaştirilgan foto va videofiksatsiya tizimi loyihasini moliyalaştirişni söragan.
«Şahardagi yöllar harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida 2017 yilning 15 martida Şveytsariyaning AGT International kompaniyasi bilan hamkorlikda 114ta çorrahaga videokuzatuv kameralari, şu bilan birga, tezlik va yöl çiziqlari bilan boğliq qoidabuzarliklarni aniqlovçi qurilmalar örnatilgan edi. Afsuski, uşbu kameralarning litsenziyasi tugagan. Bu kameralar yana işlaşi uçun quyidagi yeçimni taklif qilyapmiz.
Demak, «ABL-SOFT» deb nomlangan mahalliy kompaniya bor. U ançagina maşhur. Uşbu kompaniya bu boradagi işlanmalarini 2017 yilda Mirzo Uluğbek tumaniga taşrif çoğida Özbekiston prezidentiga taqdim etgan. Ular AutoCon deb nomlanuvçi avtomaşinalarning davlat raqamini aniqlaş, tezlikni ölçaş va qoidabuzarliklarni qayd etiş tizimini işlab çiqişgan. Bu tizim ayni paytda butun respublikada joriy qilinmoqda.
Biz ular bilan gaplaşdik. Bizga tijorat taklifini taqdim etişdi. Taklifga köra, mazkur tizimning narxi 1,1 mlrd sömni taşkil etadi. Agar biz bu tizimni örnatadigan bölsak, unga sarflangan pulni ikki oyda qoplaş mumkin böladi. Çunki bitta kompleks oyiga taxminan 300 mln sömlik qoidabuzarlikni qayd etadi», – degan Aleksey Xen sessiyadagi çiqişida.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videoda sessiyada ma'ruzaçiga deputatlar tomonidan savol berilgani, u bu savollarga javob berilgani tezlaştirilgan kadrlarda namoyiş etilgan. Şu sababli ma'ruzaçidan nimalar söralgani va u bu savollarga qanday javob bergani noma'lumligiça qolgan.
Şuningdek, sessiya böyiça taqdim etilgan axborotda Şveytsariya kompaniyasi bilan kelişuv neça yilga möljallangani, nima uçun ularning dasturiy ta'minotidan voz keçilayotgani, Toşkent çorrahalaridagi kameralarning litsenziyasi aynan qaysi sanadan boşlab tugagani, agar litsenziya muddati ötib ketgan bölsa, ayni paytda kameralar qaysi asosga köra qoidabuzarliklarni aniqlayotganiga oydinlik kiritilmagan.












