Toşkentda yöl harakati qoidalari buzilişini kameralar yordamida qayd etiş tizimi işga tuşirildi, bu poytaxtning markaziy qismida köp sonli tirbandliklar kelib çiqişiga sabab böldi, deb yozadi Sputnik naşri.

Muxbirlar poytaxtning eng serqatnov köçalarida bölib, haydovçilarning YHQga amal qiliş böyiça munosabati özgargani bilan qiziqişdi. Kuzatuvlarga köra, bu darrov amalga oşdi deyiş muşkul, biroq vaziyat yaxşilana boşlagani aniq.

Köpçilik haydovçilar endilikda svetofordagi yonib turgan yaşil yoki sariq çiroqdan katta tezlikda ötib ketişga harakat qilişmayapti. Svetoforlarda orqada turgan avto haydovçilarining sariq çiroq yonişi bilan tinimsiz signal berişlari ham asta-sekin ortda qolmoqda.

Köplab haydovçilar töxtaş çiziğiga yetmay maşinani töxtatişga alohida e'tibor bera boşladi. Biz ikki kun içida şahar markazida aylanib yurib, şuning guvohiga aylandikki, stop-çiziqdan ötib ketgan taxminan 20 maşina uçradi, xolos. Şu bilan birga, surbetlik bilan qoidani buzişda davom etganlar, qarama-qarşi yöldan töxtab turgan maşinalarni aylanib ötayotganlar va özlari istagan yerdan burilayotganlar ham uçradi. Aftidan, bu kişilar kameralar işga tuşirilganidan bexabar qolişgan. Şunisi qiziqki, haydovçilarning öta ehtiyotkorligi şahar markazida katta tirbandliklarni keltirib çiqardi. Ayniqsa bu Markaz-5, “Panorama” kinoteatri, “Bunyodkor” stadioni, Şuhrat va “Minor” metrosi çorrahasi, “Poytaxt” biznes-markazi yonida juda köp kuzatildi.

Sababi oddiy – haydovçilar şahar böylab harakatlaniş tezligini pasaytirişdi, şuningdek svetoforning sariq va qizil çiroqlaridan ötib ketiş holatlari kamaydi, bu umumiy trafikni biroz töxtatdi, biroq uni xavfsiz qildi.

Bugun tizim işlaşining birinçi kuni ham poytaxt yöl xizmati hodimlari yöllarga belgilar çizişda davom etişdi. Masalan, YHXBB inspektorlari Qişloq va suv xöjaligi vazirligi yonidagi yölni ma'lum muddatga yopib qöyişdi. Poytaxt yöllaridagi xavfsizlikka yönaltirilgan bu jarayon tezroq samara berişini kutib qolgan bölardik.