30 oktabr kuni AOKA binosida Davlat test markazi rahbariyati iştirokida «2020/2021 öquv yilida bakalavriat ta'lim yönalişlariga qabul uçun ötkazilgan test sinovi yakunlari, tahlil va xulosalar» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda markaz direktori örinbosari Sardor Rajabov joriy yilgi test sinovlari natijalariga köra maksimal ball töplagan abituriyentlar soni köpayib ketgani yuzasidan ham izoh berdi.

«Ha, bu yil maksimal va teng ball töplaganlar soni keskin oşgan. Hisob-kitoblarga köra, maksimal ball yiğganlar soni 930ga yaqinni taşkil qildi. 

Yuridik universitetda maksimal ball töplaganlar soni köpligiga kelsak, (bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda yuridik universitetga hujjat topşirgan 400 nafar abituriyent birdaniga 189 ball töplagani haqida xabarlar va test savollarining suratlari tarqaldi – Tahr) bu böyiça ijtimoiy tarmoqlarda şunday abituriyentlar soni 400ga yaqin degan gaplar çiqdi, lekin bu universitetda 400ta emas 50ga yaqin şunday holat kuzatildi. 

Sardor Rajabov

Abituriyentlar orasida maksimal ball töplaganlar soni oşib ketişiga bir qator sabablar bor. Bu yerda birinçi sabab test savollari darajasining osonlaştirilgani. Bu aynan ota-onalardan bölgan e'tirozlardan keyin qilingan iş.

Ikkinçidan, bilasiz, bu yil test savollarini yeçiş uçun beriladigan vaqt köpaytirildi. Ya'ni, ötgan yili bitta fan savollarini yeçiş uçun 1 soat vaqt berilgan bölsa, bu yil 1.5 soat vaqt berildi. 

Uçinçidan, bu yil Davlat test markazi tomonidan e-Sinov tizimi işga tuşirildi. Bunda umumiy savollarning 20 foizi şu tizimda çiqqan savollar edi», – deya markaz direktori örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.