Bugun, 30 oktabr kuni, AOKAda “2020/2021 öquv yilida bakalavriat ta'lim yönalişlariga qabul uçun ötkazilgan test sinovi yakunlari, tahlil va xulosalar” mavzusida Davlat test markazi rahbariyati iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov DTM tomonidan test imtihonlari kunida tarqatilişi kerak bölgan kepkalar yuzasidan izoh berdi.
“Davlat komissiyasining 2020 yil 19 iyuldagi 1-son bayoni bilan Davlat test markazi koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş çora-tadbirlaridan kelib çiqib, 2020/2021 öquv yili qabulida test sinovlarida abituriyentlarni tibbiy niqob, qölqop, ruçka, içimlik suvlari, guruh nazoratçilari hamda uşbu jarayonga jalb etiladigan xodimlarni sifatli tuşlik bilan öz vaqtida ta'minlaş maqsadida içki tanlov asosida şartnomalarni rasmiylaştirişi belgilangan.
Şuningdek, Davlat komissiyasining 2020 yil 28 avgustdagi 3-son bayoni bilan Davlat test markazi 2020/2021 öquv yili qabulida kiriş test sinovlari oçiq stadionlar va xiyobonlarda ötkazilişi munosabati bilan quyoş nuridan himoyalaş maqsadida, abituriyentlarni boş kiyim (kepka) bilan ta'minlaş uçun içki tanlov asosida şartnomalarni rasmiylaştirişga ruxsat berilgan.
“Boburxon bn Nodirxon” korxonasi bilan dastlab tuzilgan şartnomaga binoan, korxona 1 mln dona boş kiyim (kepka)ni 6 174 sömdan 6 174 000 000 sömga, 15 foiz qöşimça qiymat soliği bilan birga 7 100 100 000 sömga yetkazib berişi kerak bölgan.
Lekin korxona belgilangan miqdorda boş kiyimlarni yetkazib bera olmagani uçun dastlabki şartnoma bekor qilinib, qöşimça kelişuv imzolangan va 6 174 sömdan jami 69 506 dona boş kiyimni 429 130 044 sömga, 15 foiz qöşimça qiymat soliği bilan birga 493 499 550,60 sömga yetkazib bergan”, – dedi Rajabov.
Qöşimça qilinişiça, DTM kepka yetkazib beriş böyiça 7 ta korxona bilan şartnoma tuzgan. Ulardan biri yuqorida nomi keltirilgan korxona hisoblanadi. DTM tomonidan jami 198 mingta kepka xarid qilingan va pul tölangan. DTMga kepkalarni xarid qilişda mahalliy hokimliklar ham yordam berdi. Ular joylardagi korxonalar bilan şartnoma tuzib DTMga yuborişgan. DTM esa ularning pulini tölab bergan. Xarid qilingan 198 mingta kepka barça hududlarga jönatilgan, lekin yetarli bölmagan.
Kepkalarni xarid qiliş uçun mablağ Davlat test markazini rivojlantiriş jamğarmasidan ajratilgan. Bu jamğarma abituriyentlarning test sinovlari uçun tölovlari hisobidan şakllantiriladi.


















