FVV: yong‘in xavfsizligi bilan bog‘liq tadbirlar uchun vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday pul yig‘imlari undirilmaydi
Kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan maxsus kiyim-boshdagi shaxslar o‘zlarini “davlat yong‘in nazorati organi xodimi” sifatida tanishtirib, fuqarolardan “yillik to‘lov” qabilida turli miqdordagi pul mablag‘larini majburiy tarzda noqonuniy yig‘ishi holatlari kuzatiladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu shaxslarning FVV faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘qligini, shu bilan birga, yong‘in va uning oldini olish bilan bog‘liq tadbirlar uchun vazirlik tizimi xodimlari tomonidan hech qanday pul yig‘imlari, boshqa turdagi to‘lovlar undirilmasligini ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, hozirda turli hududlarda favqulodda vaziyatlar, yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyat yuritadi. Ularning nizomlarida ham favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan aholiga xizmat ko‘rsatish vazifalari belgilangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu borada quyidagilarga e'tibor qaratishni so‘ragan:
xonadonga kelib, o‘zini FVVning quyi tizimlariga o‘xshash tashkilotlar nomlari bilan tanishtirgan shaxslardan, birinchi navbatda, o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishni so‘rang;
ularning faoliyat turi hamda qanday xizmatlar ko‘rsatishi va ishlarni bajarishiga aniqlik kiriting;
shuningdek, ular tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarni bajarish faqat sizning roziligingiz asosida amalga oshirilishi mumkinligini unutmang.
“Agar xizmat ko‘rsatmasdan va siz yoki oila a'zolaringizni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan biror ishlarni bajarmasdan, sizdan majburiy tartibda to‘lov talab qilinsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishingiz mumkin”, – deyiladi FVV ma'lumotida.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 20:04
-
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Jahon | 20:02
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
Mavzuga oid

16:35 / 06.04.2025
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi

20:27 / 28.03.2025
Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar va FVV akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

10:52 / 05.03.2025