Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi taşqi reklama bozori iştirokçilari e'tirozlariga javob qaytardi
|02:02 / 31.10.20208 55013 min
Hukumatning taşqi reklamani tartibga solişga doir qarori yuzasidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar taşqi reklama bozori iştirokçilarining e'tirozlariga sabab böldi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlar va turli ommaviy axborot vositalarida turkum maqola va materiallar e'lon qilindi.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş davlat qömitasi xuzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi soha vakillarining e'tirozlariga sabab bölayotgan Hukumat qarori va uning qabul qilinişi tarixiga oid axborot berdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Toşkent şahrida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş böyiça huquqiy eksperiment töğrisida” 2018 yil 17 avgustdagi PF-5515-son Farmoniga asosan (7-ilova, 23-band), taşqi reklama obektlari qurilmalarini joylaştirişga ruxsatnoma beriş va reklama faoliyati töğrisidagi qonunçilikning ijrosini nazorat qiliş tizimini takomillaştirişni nazarda tutuvçi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi işlab çiqiş vazifasi yuklatilgan.
Şuningdek, mazkur Farmon bilan (3-ilova, 22-band) Toşkent şahar hokimligi reklama-axborot faoliyati böyiça komissiyasi (komissiyaning Işçi organi “Toşkent reklama servis” DUK hisoblanadi) tugatilib, uning funksiyalari Toşkent şahar Quriliş boş boşqarmasiga ötkazilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi “Taşqi reklamani joylaştiriş sohasidagi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlar töğrisida”gi 702-sonli qarorining 3-bandiga asosan, Adliya vazirligiga taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş huquqini rasmiylaştiriş böyiça davlat xizmatini körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini işlab çiqiş vazifasi yuklatilgan.
Öz navbatida, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi işlab çiqilib, saytidaID-19200 röyxat raqami bilan joylaştirilgan va bugungi kunda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi “Taşqi reklamani tartibga soliş töğrisida”gi 104-son qarorining 2-bandi va qarorga 4-ilovaning 21-bandiga asosan uşbu qaror qabul qilingunga qadar qonun hujjatlariga muvofiq taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) örnatiş uçun tuzilgan şartnomalar, berilgan pasportlar, guvohnomalar, sertifikatlar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovçi boşqa hujjatlarning amal qilişini uzaytirişga tasdiqlangan yiğim miqdori tölanganidan keyin ruxsat etilişi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-son qarori qabul qilinişini quyidagi bir qator omillar taqazo etgan. Jumladan:
taşqi reklamani joylaştiriş tartibini belgilaş masalasi hokimliklar vakolatida bölganligi sababli, har bir hududda turli yondaşuvlar bilan alohida tartib örnatilganligi – tadbirkorlar uçun noqulayliklar keltirib çiqargan;
Mavzuga oid
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) quriş uçun beriladigan yer uçastkalari röyxati şakllantirilmagan va bu borada şaffoflik ta'minlanmagan;
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) örnatiş uçun tuzilgan şartnomalar va berilgan pasportlarning amal qiliş muddatlari aniq belgilanmagan, bu esa öz navbatida tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari poymol bölişiga olib kelişi mumkin;
taşqi reklama konstruksiyalarini joylaştirganlik uçun tariflarni hokimliklar tomonidan belgilaşda yagona yondaşuv ta'minlanmagan, ya'ni hisoblaş tartibi, metodikasi (formulasi) bölmagan, hududiy zonalar koeffitsiyentlari qöllanilmagan;
hokimliklarda taşqi reklama masalalari bilan bevosita şuğullanuvçi tuzilma mavjud bölmaganligi oqibatida taşqi reklamani nazorat qiliş işlari e'tibordan çetda qolib ketgan.
Natijada, aksariyat hollarda tuman (şahar)lar hududida respublikaning boşqa hududidagi reklama tarqatuvçi tomonidan reklama vositasi örnatilsa ham, bu holat nazoratga ham, hisobga ham olinmagan. Şu bilan birga, madaniy-tarixiy obektlar binolarida va ularning hududida tijorat reklamalarini joylaştiriş holatlariga ham yöl qöyilgan.
Qaror loyihasi belgilangan tartibda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelişilib, şuningdek, reklama sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari va nodavlat notijorat taşkilotlar vakillari iştirokida keng muhokama qilingan holda işlab çiqilgan.
Qarorning taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) joylaştirilişini tartibga soliş borasidagi yana bir muhim jihati – mazkur qaror talablariga muvofiq holda bitta reklama joyida bir neçta taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) qurilganligi va ular turli tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli ekanligi aniqlangan taqdirda, qayta elektron auksion ötkaziş orqali uşbu joyda faqat bitta taşqi reklama obektini (konstruksiyasini) quriş huquqi beriladi (qarorning 2-bandi “j” kiçik bandi).
Jahon tajribasida bu kabi amaliyotni AQŞ, Yevropa, Koreya, Yaponiya, Rossiya va boşqa davlatlarda ham kuzatişimiz mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli “Taşqi reklamani tartibga soliş töğrisida”gi qarorining 7-bandiga asosan taşkil etilgan maxsus işçi guruhlar tomonidan barça turdagi taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uşbu qaror talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan ötkazilgan va natijalari böyiça reklama egalariga xulosa hamda körsatmalar taqdim etilgan. Öz navbatida, qaror talablaridan kelib çiqib, taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) egalari mazkur qaror talablariga javob bermaydigan holatlarni uşbu qaror qabul qilingan sanadan boşlab olti oy içida bartaraf etiş lozimligi körsatmalarda qayd etilgan.
Şu bilan birga, qarorga muvofiq Toşkent şahrida bosqiçma-bosqiç ravişda 2020 yil 31 dekabrga qadar birinçi darajali markaziy qatnov köçalarida faqat video ekranli va 2021 yil 31 dekabrga qadar ikkinçi darajali markaziy qatnov köçalarida aralaş turdagi yuqori texnologiyali taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) örnatilişi nazarda tutilgan bölib, uşbu topşiriq ijrosini ta'minlaş maqsadida Toşkent şahar hokimligi tomonidan yuqori texnologiyali taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) örnatilişi lozim bölgan 217 ta (şundan 94 tasi birinçi va 123 tasi ikkinçi darajali) köçalar röyxati şakllantirilgan (Toşkent şahrida jami köçalar 1300 tadan ortiq).
Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 11 noyabrdagi 251-sonli “Toşkent şahrini obodonlaştiriş işlarini taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorining 4-bandiga asosan Toşkent şahar hokimligi obodonlaştiriş işlari arxitektura-quriliş hamda sanitariya me'yorlari va qoidalariga qat'iy muvofiq holda, şuningdek poytaxt şaharning taşqi qiyofasiga qöyiladigan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda taşkil etilişi va amalga oşirilişini ta'minlaş vazifasi yuklatilgan.
Bu borada reklama bozori iştirokçilari bölgan tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan yuqori texnologiyali taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) örnatilişi lozim bölgan köçalar röyxatini, bunday obektlarni Toşkent şahrining asosan markaziy hududidagi köçalar (şoh köçalar)da örnatilişi nuqtai nazaridan qayta körib çiqiş (röyxatni qisqartiriş) töğrisida Toşkent şahar hokimligiga tegişli taklif kiritildi.
Öz navbatida, Vazirlar Mahkmasining 2020 yil 20 fevraldagi “Taşqi reklamani tartibga soliş töğrisida”gi Qarorining 1-ilovasi 11 bandiga asosan taşqi reklama va uning vositalarining aholi uylari oynalariga bevosita yaqinlikda joylaştiriş, xonadon egalari dam olişlariga xalaqit berişi, taşqi reklama öz yoruğligi va aksi bilan iste'molçilarga ortiqça noqulayliklar tuğdirişiga yöl qöyilmasligi belgilangan.
Taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari)ni yoritiş moslamalari bilan jihozlanganligini rivojlangan davlatlar (Yevropa, AQŞ, BAA, Koreya, Yaponiya) amaliyotida ham kuzatişimiz mumkin. Xususan AQŞda yoritiş moslamalariga ega taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun möljallangan joylar röyxati qonun bilan tartibga solinadi.
Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan reklama bozori iştirokçilari – tadbirkorlik sub'yektlarini moliyaviy qöllab quvvatlaş maqsadida, taşqi reklamani joylaştiriş uçun mahalliyhokimiyati organlari tomonidan undiriladigan yiğimni3 oy muddatga töxtatiş böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar xokimliklariga tegişli taklif kiritilgan (Qömitaning 2020 yil 7 apreldagi 259/01-26-sonli xati).
2020 yil 6 iyunda Xalq deputatlari, şu jumladan tadbirkorlik sub'yektlar vakillari tarkibidan taşkil topgan Toşkent şahar kengaşining «Toşkent şahrida taşqi reklama obektlari uçun yiğimlar miqdorini belgilaş töğrisida»gi 96/12-6-son qarori qabul qilingan bölib, qaror rasmiy e'lon qilingan kundan boşlab 3 (uç) oy ötgaç kuçga kirişi belgilangan. 2020 yil 9 sentyabrdan boşlab Toşkent şahrida taşqi reklama obektlariga (konstruksiyalariga) taşqi reklamani joylaştiriş uçun yiğimlar miqdori:
yer uçastkalariga örnatilgan alohida turuvçi konstruksiyalar uçun 1 kv.m uçun bir oyga 5000 (beş ming) söm;
binolar, inşootlar va qurilmalardagi reklama konstruksiyalari uçun 1 kv.m uçun 5000 (beş ming) söm belgilangan.
Bunda taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) uçun yiğim miqdori hududiy zonalar koeffisentiga qarab undiriladi. Nukus şahri va viloyat markazlarida örnatilgan taşqi reklama obektlari uçun belgilangan yiğim miqdori Toşkent şahri uçun belgilangan yiğim miqdorlaridan oşmasligi kerak.
(misol uçun: Toşkent şahar 1 m2 uçun 1 zona hududi 5000 ming söm x 3 koeffisent = 15 000 ming söm, Qarşi şahar 1 m2 uçun 1 zona hududi 5000 ming söm 2,5 koeffisent = 12 500 ön ikki ming beş yuz söm).
Taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) qaror talablariga muvofiqlaştiriş yuzasidan ularning egalariga tuman (şahar) hokimliklari tomonidan körsatmalar berilgan.
Maxsus işçi guruh a'zolari tomonidan xatlov natijalari yuzasidan rasmiylaştirilgan xulosalarni qonuniyligi va işonçliligi uçun, şuningdek hokimliklar taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) egalariga uşbu qaror talablariga javob bermaydigan holatlarni bartaraf etiş töğrisida körsatmalarni öz muddatida yuborilişi uçun şaxsan javobgardir.
Taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) egalari maxsus işçi guruhlarning xulosalari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan ötkazilgan xatlov natijalaridan norozi bölgan taqdirda örnatilgan tartibda sudga şikoyat qiliş huquqiga egadirlar.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 104-sonli “Taşqi reklamani tartibga soliş töğrisida”gi qaror talablariga asosan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş huquqi oliş uçun quyidagi tartib örnatilgan:
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş uçun yer uçastkalari, davlat mulki bölgan bino va inşootlar röyxatini şakllantiriş, tavsiya etiladigan reklama konstruksiyalari turlari va ularni joylaştiriş xaritalari (sxemalari)ni tuziş hamda ommaviy axborot vositalarida e'lon qiliş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan;
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalarida, şuningdek, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda joylaştiriş huquqini beriş “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonçasida oçiq elektron auksionlar orqali;
“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonçasida oçiq elektron auksionlar orqali berilgan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalarida, şuningdek, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda joylaştiriş huquqiga şartnomalar tuziş tuman (şahar) hokimlari tomonidan;
taşqi reklama inşootlariga egalik huquqlarini, şu jumladan, joylari pasportlarini rasmiylaştirişni tadbirkorlik sub'yektlariga Davlat xizmatlari körsatiş markazi tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.
Şu bilan birga, taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş huquqini beriş Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan tartibga solinadi.
Misol tariqasida, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş uçun yer uçastkalari röyxati şakllantirildi va tavsiya etiladigan reklama konstruksiyalari turlari bilan auksion savdolariga çiqarildi.
Özbekiston Respublikasining “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida”gi Qonunining 43-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi öz vakolatlari doirasidahududlarni iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirişni ta'minlaş bilan boğliq masalalarda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlaştirib borişi belgilangan.
Reklama sohasidagi yana bir amaliy çora-tadbirlardan biri bu taşqi reklamani joylaştiriş sohasida normativ huquqiy bazani şakllantirilganligi.
Reklama töğrisidagi qonunning 20-moddasida taşqi reklamani joylaştiriş tartibi mahalliy hokimliklar tomonidan işlab çiqilişi belgilangan bölib, şunga köra barça viloyatlarda har xil talab va turliça tariflar amalda bölgan. Texnik talablar va normativlar bölmagan.
Bu esa öz navbatida, birinçidan uşbu sohada tartibsizlik keltirib çiqargan bölsa, ikkinçidan sohani barça hududlarda bir tekis rivojlanişiga va barça viloyatlarda teng şaroitlar yaratilmasligiga olib kelgandi.
Bu kabi holatlarni bartaraf etiş maqsadida reklama bozori iştirokçilarining takliflari va xorijiy tajriba asosida taşqi reklamani joylaştirişning va tarif belgilaşning yagona tartibi işlab çiqildi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi “Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida”gi 104-sonli qarori tarixiy-şaharsozlik muhiti va tuman (şahar)larning mavjud binolari me'moriy qiyofasini saqlab qoliş, reklama konstruksiyalarini örnatiş va ulardan foydalanişni tartibga solişni nazorat qiliş, taşqi reklama sohasining barça iştirokçilari uçun teng huquqlarni ta'minlaydigan tamoyillar va şartlarni şakllantiriş maqsadida qabul qilingan” deyilgan agentlikning Kun.uz’ga yöllangan axborotida.
Eslatib ötamiz, Kun.uz reklama konstruksiyalari egalari va uşbu sohani nazorat qiluvçi davlat taşkilotlari vakillari örtasida oçiq munozara minbarini taşkil qilib, vujudga kelayotgan muammolar atrofliça muhokama qilingandi.