Milliy gvardiya Xorazm viloyati Qöriqlaş boşqarmasi xabariga köra, bank xodimasi tomonidan kelib tuşgan taşviş signaliga asosan, zudlik bilan manzilga yetib kelgan Milliy gvardiya Qöriqlaş xizmati hamda IIB mas'ul xodimlari holatni tezkorlik bilan örganib, öğirlik sodir qilgan şaxsni Urganç tumani, Çakka şolikor qişloğidan aşyoviy dalillar bilan uşlab, voqea joyiga olib kelişgan.
Dastlabki suriştiruv natijalariga köra, jinoyatga qöl urgan şaxs Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida tuğilgan, hozirda Urganç tumanida istiqomat qiluvçi 30 yoşli fuqaro M.E. ekanligi aniqlandi va hozirda uşbu holat yuzasidan viloyat IIB TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















