Maktablarda 2020-2021 öquv yili boşqa yillarga qaraganda ança farqli – gibrid şaklda boşlandi. Öqituvçilar bayrami arafasida esa prezident ham tabrik, ham murojaat mazmunida nutq sözlab, muhim takliflarni ilgari surdi.

Biz maktablar faoliyatiga doir savollar bilan Xalq ta'limi vaziri örinbosari Dilşod Kenjayev bilan suhbatlaşdik.

– Prezident 1 oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasidagi nutqida xalq ta'limi bölimlari mudirlari faoliyati qoniqarli emasligini ta'kidladi. Ularning faoliyatida qanday kamçiliklar közda taşlanmoqda?

– Prezident öz nutqida xalq ta'limi bölimi mudirlari faoliyatida zarur vakolat yöqligini ta'kidladi. Ular hattoki maktab direktorini işdan böşatiş vakolatiga ega emas. Yoki bölmasa, namunali direktorlarni rağbatlantiriş uçun Xalq ta'limi bölimlarida jamğarmalari ham yöq.

Albatta, 200dan ortiq tuman va şaharlar bölsa, ularning barçasida XTB mudirlarini zör işlayapti deyişimiz qiyin. Şu bilan birga, ularning muammolari ham bor: yuqoridagilardan taşqari, ayrimlarida binolari ham yöq. Şuning uçun prezidentimiz tuman, şahar, viloyat xalq ta'limi bölimi mudirlari bir vaqtning özida hokimning maorif böyiça maslahatçisi sifatida ham iş yuritişi taklifini ilgari surdilar.

Agar xalq ta'limi bölimi mudiri hokim oldiga kirib hududdagi muammolarni aytolsa, öşa yerdagi ta'limga oid köplab masalalar öz vaqtida hal etilişiga erişgan bölardik. Masalan, biror bir maktabni ta'mirlaş kerak bölsa, suv olib keliş bölsa, issiqlik ta'minoti böyiça muammosi bölsa, mahalliy budjet nuqtayi nazaridan, XTB mudiri hokimga uning örinbosari orqali emas, töğridan töğri öziga murojaat qilib, muammolarni hal qiliş imkoniyatiga ega böladi.

– Umumiy savol bermoqçiman: biz onlayn ta'limda nimalarni yutamiz va boy beramiz?

Dilşod Kenjayev

– Onlayn ta'limning ijobiy tomonlari köp. Şu bilan birga, salbiy tomonlarini ham aytib ötiş kerak. Avval ijobiy tomonlarini aytadigan bölsa, birinçi navbatda pandemiya şaroitida öquvçi bilimsiz qolib ketmayapti. Ikkinçidan, zamonaviy axborot texnologiyalari har bir oilaga kirib boryapti. Uçinçidan, eng çekka hududlardagi öquvçilar ham onlayn darslar uçun saralab olingan malakali öqituvçilar orqali bilim olişmoqda. Demakki, öz maktabidagi öqituvçisining darajasidan qat'i nazar, onlayn ta'limda 6,2 million öquvçi eng mahoratli öqituvçilardan bilim örganiş imkoniga ega böldi.