Dilşod Kenjayevning sözlariga köra, tizimdagi oğriqli muammolardan biri – köplab kam ta'minlangan oilalar farzandlarini mehribonlik uylariga taşlab ketayotganidir. Şuningdek, mehribonlik uyidagi bolasiga uy va yordam pullari berilgaç, ularning ota-onalari qaytib kelib, yana u bilan bir oila bölib yaşayotgan holatlar köp uçramoqda.
«Mehribonlik uyi – kam ta'minlangan oila farzandlari yaşaydigan joy emas. Ozodlikdan mahrum etilganlar farzandlarini, mayli, uç yil, tört yil, balki beş yil bölar, uşlab turamiz. Nogiron oilalar farzandlarini ham ularga yordam sifatida boqib, tarbiyalaymiz. Lekin kam ta'minlangan oilalar farzandlarini bu yerga taşlab ketişi notöğri. Axir, farzand dunyoga keldimi, ota-ona uni boqişi kerak-ku!
Ertangi muammo nimada? Xöp, biz bu bolalarga mehr berarmiz, katta qilarmiz va işga ham örgatarmiz, lekin ular oila nimaligini, ota-ona kimligini bilişmayapti.
Ertaga farzand körsa, keçirasizlar-u, hatto uni emizişni ham bilmayapti u yerda ösgan qizlarimiz. Çunki bu narsalarni mehribonlik uyida örgata olmaymiz. Oilada örganadi bularning hammasini. Çaqaloqning beşigini tebratişni oilada örganadi. Biz mehribonlik uyiga çaqaloq olib kelib, u yerdagi qizlarga beşik tebratişni örgata olmaymiz.

Bizni qiynayotgan narsa – yarim yetimlar: otasi yoki onasi vafot etganlar. Ularning soni hozirda 506 nafar. Ya'ni ularning ham otasi yoki onasi bor.
Bizni bundan-da qiynayotgan masala, 770 nafar bola otalik va onalik huquqidan mahrum etilganlarning farzandlaridir. Bu bolalar 11-sinfni bitirganidan keyin, yetim bolalar statusiga tuşadi. Şu sabab ularga beriladigan barça imtiyozlardan foydalanişadi. Uy olganidan keyin ularning ota-onasi yana qaytib kelyapti.
Bunday holat, ayniqsa, Jizzax viloyatida juda köp kuzatilmoqda. Ota-ona tirik, ammo farzand boqişni xohlamaydi. Uni mehribonlik uyiga berib qöyyapti. Bola katta bölib, öqişga kirib, uy olganidan keyin, yana öqişni bitirib BHMning 105 barobari (23,4 mln söm) yordam pulini olganidan söng, oila birlaşib ketyapti.
Hozirda [Qaşqadaryo viloyati] Qamaşi tumanidagi mehribonlik uyida 76 nafar bola bölsa, şundan 11 nafari – çin yetim. 26 nafari – kam ta'minlangan oilalar farzandlari, ularning ota-onasi hayot. 15 nafari – ota-onalik huquqidan mahrum bölgan oilalar farzandlari, bularning ham köpçiligining ota-onasi hayot.















