Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Musulmonlarni tanqid qilish senga nima beradi?” - Lukashenko Makronga dindorlar his-tuyg‘ulariga aralashmaslikni maslahat berdi
Belarus prezidentining ta'kidlashicha, "dindorlar his-tuyg‘ulariga aralashish mutlaqo mumkin emas".
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko dindorlar his-tuyg‘ulariga aralashmaslik kerakligini ta'kidladi va Fransiya rahbari Emmanyuel Makronga musulmonlar bilan munosabatlarda vositachilikni taklif qildi.
“Musulmonlar bizga hech qachon muammo paydo qilishmagan. Musulmonlar barcha saylovlarda hukumat va meni 100 foiz qo‘llab-quvvatlashadi deb ko‘p aytaman. Biz hech qachon Fransiya prezidentining yaqinda so‘z erkinligi va diniy hissiyotlar to‘g‘risida aytgan gaplariga yo‘l qo‘ymaymiz: mamlakatda musulmonlarni tanqid qilish senga nima beradi? Balki unga o‘zi va musulmonlar o‘rtasida vositachi kerakdir? Bunda unga yordam berishim mumkin, chunki musulmonlar bilan munosabatlarim juda yaxshi”, — dedi Lukashenko.
Uning ta'kidlashicha, “dindorlar his-tuyg‘ulariga aralashish mutlaqo mumkin emas”.
16 oktyabrda Parij yaqinidagi Koflan-Sent-Orion shahri kollejlaridan biri o‘qituvchisi, o‘z o‘quvchilariga Muhammad alayhissalom karikaturalarini namoyish qilgan Samuel Pati o‘ldirilgandi. Uni o‘ldirishda chechen millatiga mansub 19 yoshli Abdulloh Anzorov gumon qilinmoqda. Anzorov tvitterda o‘qituvchini payg‘ambarni haqoratlagani uchun “qatl etgani” haqida xabar qoldirgan.
Makron ushbu qotillikni “islom terrorchiligiga xos xatti-harakat” deb atagandi. Fransiya prezidenti undan avvalroq, oktabr oyi boshidagi ma'ruzasida “islom dini dunyo bo‘ylab inqiroz holatini boshdan kechirmoqda” deya ta'kidlagandi. Ammo payg‘ambar Muhammad alayhissalomning karikaturasi chizilganini so‘z erkinligi deb hisoblashi ko‘plab davlatlarda musulmonlar g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Keyinroq Makron Fransiya hukumatining 2015 yilda Charlie Hebdo jurnalida chop etilgan payg‘ambar karikaturalariga hech qanday aloqasi yo‘qligini va musulmonlarning bunday karikaturalar sababli kechirayotgan his-tuyg‘ularini tushunishini aytdi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026