Innovatsion rivojlaniş vazirligi bölim boşliği Feruza Xöjayevaning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, 6 noyabr kuni mazkur vaksinani yaratiş va işlab çiqişda qatnaşgan bir guruh xitoylik olimlar Özbekistonga kelişi kutilmoqda.
«Vazirligimizda pandemiyaga qarşi kuraşişda zarur dori vositalari, xususan, vaksinalarni işlab çiqariş böyiça xalqaro hamkorlik yölga qöyilgan. Xitoy Mikrobiologiya institutida işlab çiqilgan vaksina sinovining uçinçi bosqiçini Özbekistonda ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Uşbu bitimga binoan, Xitoy kompaniyasi vaksina klinik sinovlarining uçinçi bosqiçini 5000 nafarga yaqin özbekistonlik talabgorlar örtasida ötkazişni öz zimmasiga oldi.
Bitim doirasida 6 noyabr kuni Xitoy Mikrobiologiya institutining vaksinani işlab çiqariş böyiça amaliyot ötkazayotgan mutaxassislari Özbekistonga taşrif buyurişadi.
Albatta, bu juda murakkab jarayon. Vaksinani qöllaş uçun uni bir neça bosqiçda sinovdan ötkaziş kerak. Buning ikki bosqiçi Xitoyda ötkazilgan. Uçinçisi esa bir qator davlatlar bilan bir qatorda bizning mamlakatda ham ötkaziladi.
Agar sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, Özbekiston vaksinani imtiyozli narxlarda sotib oliş huquqiga ega böladi hamda vaksina Markaziy Osiyoning boşqa davlatlariga Özbekiston orqali tarqatilişi nazarda tutilgan.

Taşrif davomida birinçi navbatda vaksinani qöllaş böyiça taşkiliy-huquqiy masalalar örganiladi. Bu masala yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilinadi. Xitoylik olimlar bilan vaksina kelajakda qanday qöllanişi va aholining qaysi qatlamlari unda iştirok etişi masalalari kelişib olinadi», dedi vazirlik vakili.
21 oktabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi koronavirusga qarşi vaksinaning klinik sinovlarini Özbekistonda taşkil etiş masalasi böyiça Xitoy fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti va «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar ötkazgan edi.
Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Barno Odilova vaksina kimlarda sinalişi töğrisida










