Bundan tashqari, yana ikki gumonlanuvchi qidirilmoqda. Ta'kidlanishicha, hibsga olinganlar orasida qurilish kompaniyasi pudratchilari hamda qurilish loyihalarining texnik ekspertizasini o‘tkazuvchi mutaxassislar bor.
Avvalroq Turkiyaning shaharsozlik va atrof-muhit vaziri Murod Kurum Izmirdagi zilzila vaqtida 41ta bino to‘liq vayron bo‘lganini, mingdan ko‘proq binoga qisman zarar yetganini ma'lum qilgan.
30 oktyabrda Egey dengizida yuz bergan 6,9 magnitudali zilzila oqibatida Izmirda 90dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi, 900dan ko‘proq kishi jarohat oldi.











