Ötgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda, iqtisodiyotning tarmoqlar böyiça tarkibida katta bölmagan özgarişlar kuzatildi, deb xabar bermoqda Davstatqöm.

Qayd etilişiça, YaIM tarkibida sanoatning uluşi 29,3 foizdan 28,5 foizga, xizmatlar sohasining uluşi 36,5 foizdan 36,2 foizga kamaygan bölsa, qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligining uluşi 27,3 foizdan 27,9 foizga, quriliş tarmoğining uluşi 6,9 foizdan 7,4 foizga oşdi.

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida esa 2018 yilning mos davri bilan taqqoslaganda, YaIM tarkibida qişloq, örmon va baliqçilik xöjaligi uluşining 27,3 foizgaça pasayişi (2018 yilning yanvar-sentyabrida – 31,0 foiz) va sanoat tarmoği uluşining 29,3 foizgaça oşişi (2018 yilning yanvar-sentyabrida – 26,4 foiz) bilan boğliq sezilarli özgarişlar kuzatilgan.