Davlat xizmatlari agentligi xabariga köra, buning uçun 2021 yil 1 avgustga qadar respublikaning barça hududlarida iste'molçilarga zamonaviy hisoblagiçlarni örnatib, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimini töliq joriy etilişi rejalaştirilgan.
 
Birinçi bosqiçda, 2021 yil 1 fevralga qadar Örta Çirçiq, Çinoz, Yuqori Çirçiq, Yangiyöl va Karmana tumanlari hamda Toşkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganç, Qarşi, Kattaqörğon, Qöqon, Marğilon şaharlarida va boşqa qarzdorlik darajasi baland bölgan hududlarda tizimni örnatilişi közda tutilgan.
 
Yangi elektron hisoblagiçlar «Hududgazta'minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholiga grafik böyiça bepul tarzda örnatiladi.
 
Ta'kidlanişiça, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlariga 1-bosqiçda nazarda tutilmagan hududlardan tabiiy gaz hisoblagiçlarini qiyoslaş böyiça köplab murojaatlar kelib tuşmoqda.
 
Davlat xizmatlari agentligi aholining ovoragarçiligiga çek qöyiş va ortiqça pul mablağlari sarflaşining oldini oliş uçun, tabiiy gaz hisoblagiçlarini davriy qiyoslaşdan ötkaziş muddatini 2021 yil 1 avgustga qadar uzaytiriş taşabbusi bilan çiqdi. Hukumat uşbu aholiga yengillikni qöllab-quvvatladi.
 
Gaz hisoblagiçlarning «standartdan ötkaziş» muddati ötgan bölsa ham, 2021 yil 1 avgustga qadar hisoblagiçni qiyoslaşning keragi yöq.
 
«Sçetçik»ni davriy tekşiruvdan ötkaziş muddati ötgan bölsa-da, hisob-kitoblar hozirda uyda örnatilgan hisoblagiçlar asosida amalga oşiriladi.
 
2021 yil 1 avgustga qadar eski körinişdagi gaz hisoblagiçlarini qiyoslaş uçun arizalar qabul qilinişi töxtatib turiladi.