Jumladan, davlat rahbari yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyati qişloq vraçlik punktlari va oilaviy poliklinikalarida jami 220ta «tibbiyot brigadasi»ni taşkil etib, ularga 1 ming 200 nafar örta tibbiyot xodimlarini biriktiriş borasida mas'ullarga topşiriq bergan.

«Biz tibbiyot brigadalarini taşkil qilamiz. Kelasi yil 1 martga qadar uşbu «tibbiyot brigadalari» «oilaviy tibbiyot» böyiça ilğor tajriba asosida öqitiladi.

Boşqa viloyat hokimlari ham kelgusi yil 1 aprelga qadar «tibbiy xarita»ni şakllantirişni 26ta tuman va şaharda ham yölga qöyişi zarur.

Buning uçun, uşbu tuman va şahar hokimlari tibbiyot birlaşmalari rahbarlari bilan birga, ikki oy muddatda aholini xatlovdan ötkazib, ularni tibbiyot muassasalariga biriktiradi.

Şuningdek, tibbiyot brigadalari tomonidan aholining salomatlik holati baholanib, ularning elektron bazasi yaratiladi», dedi prezident.

Yiğilişda davlat rahbari topşiriğiga köra, uşbu tizimni yölga qöyiş uçun endilikda viloyat, tuman va şahar hokimlari mahalliy budjet hisobidan «tibbiyot brigadalari»ni planşet, mobil tibbiyot-diagnostika vositalari (tarozi, puls-oksimetr, tonometr, mobil EKG) bilan ta'minlanişi belgilandi.

Bu borada esa tumanlardagi barça qişloq vraçlik punktlari va poliklinikalari tezkor internetga ham ulanadi. Bu masalaga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri şaxsan javob beradi.

Davlat rahbari yiğiliş davomida 2021 yil 1 aprelga qadar har bir hududning mahallabay elektron «tibbiy xaritasi»ni şakllantiriş böyiça mutasaddilarga topşiriq bergan.

«Şuningdek, ikki oy muddatda qişloq vraçlik punkti va oilaviy poliklinikalar reytingini aniqlaş tizimini joriy qilamiz. Bunda, reytingda yuqori örinni egallagan 3ta tibbiyot muassasasi mahalliy budjetdan mukofotlanadi.

Şu bilan birga, keyingi öquv yilidan boşlab, tibbiyot oliygohlaridagi öquv dasturlarini «oilaviy şifokor» tayyorlaşga moslaştiriladi. Şuningdek, kelgusi öquv yildan boşlab Ibn Sino texnikumlarida oilaviy şifokorlar yordamçilarini tayyorlaşni yölga qöyilib, har bir texnikum qişloq vraçlik punktlariga biriktirilişi zarur», deya Şavkat Mirziyoyev sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.