
Manba: Boris Çukoviç va Sergo Sutyaginlarning arxivi
Yodgorliklarni saqlaş böyiça mutaxassislar orasida ança vaqtdan buyon bir qaraş mustahkam örnaşgan: yodgorliklarni saqlaş masalasi kiçik mutaxassislar guruhining işi emas, balki butun jamiyat tomonidan muhokama qilinişi zarur bölgan mavzudir.
Bugungi kunda «Panorama» nomi bilan tanilgan kinosaroyning donği Toşkent va mamlakat çegaralaridan ham uzoqqa yetadi. Bu – ilgari hukmron bölgan neoklassitsizmni 1950 yillarning oxiridan boşlab almaştirgan va özi bilan me’morçilik tili, turar joy qurilişi va kundalik hayotning boşqa köplab jabhalariga özgarişlar olib kelgan yangi davrning manifesti sanaladi. Jamoatçilik binolari arxitekturasida paradigmalardagi uşbu özgariş avvalambor 1960 yillarning boşlarida Moskvada qurilgan Pionerlar saroyida va birozdan keyin Toşkentda kinosaroy qurilişi bilan yaqqol namoyon böldi.
Albatta, boşqa ma’muriy binolar, şu jumladan, avvalgi binolar ham yangi me’morçilik tilini ifoda etadi, biroq sovet modernizmining bir qator muhim inşootlarida köp funksiyali bino qurilişi katta ehtimol bilan birinçi örinda turardi.

Uşbu loyihaning öziga xos xususiyati – uning kontekstualizatsiyasi, joyga moslaşişi hamda şakl va fasad borasida bir-biriga qarama-qarşi bölgan bino qismlarining özaro uyğunligida namoyon böladi.
Kontekstualizatsiyani tuşuniş uçun loyihaning quriliş paytidagi muhitga nazar taşlaş kerak: 1930 yillarning boşlarida boşlangan, neoklassitsizm va şarqona uslublar aralaşgan muhtaşam Navoiy köçasining qurilişi ança rivojlangan edi. Hanuz Eski şaharning an’anaviy uylari bilan örab olingan kinosaroy maydonining röparasida M. Bulatov tomonidan loyihalaştirilgan turar joy binosi barpo etiladi, u 1950 yillarning örtalarida buzib taşlangan Eşonqul Dodxo madrasasining pastki qavatidagi çöqqili ravoq bilan bezalgan javonlarni davom ettiradi. Çöqqili ravoqlarning tepasida oldinga börtib çiqqan balkonlar bir qança ustunlarga ega fasadning körinişini ajratib turadi. Maydonning şarqida, Paxtakor köçasi böyida allaqaçon ToşPIning neoklassik fasadga ega ilk binosi mavjud bölib, u birinçi telestudiyani şakllantiriş uçun mas’ul bölgan A. Petrosov tomonidan loyihalaştirilgan edi. Navoiy köçasiga tutaş burçakda ToşPIning (hozirgi Vebster universiteti) L. Karaş tomonidan loyihalaştirilgan va 1956 yilda qurib bitkazilgan asosiy binosi joylaşgan bölib, u qöşni hududdagi eski binoning fasad şaklini qabul qilib oladi, biroq bezak elementlaridan sezilarli darajada kam foydalanilgani tufayli u allaqaçon yangi davrdan darak beradi.















