Yevropa komissiyasi (YeK) dekabrga qadar YeIning immigratsiya va boşpana böyiça yangi pakti doirasida birinçi "Şengen forumi"ni taşkil etadi. Bu haqda YeKning rasmiy vakili Kristian Vigand ma'lum qildi.
"Şengen makoni – Yevropa ittifoqining eng yirik yutuqlaridan biri. Içki çegaralarda nazorat örnatmasdan Şengen hududining yaxlitligini va yaxşi faoliyat körsatişini saqlab qoliş umumiy manfaatimiz hisoblanadi", - dedi u.
Vigand forum Şengen makonini isloh qiliş böyiça yönalişlarni belgilab berişini aytdi. Uşbu uçraşuvda yevropalik deputatlar, YeIga a'zo davlatlarning içki işlar vazirlari va hukumatlar vakillari iştirok etadi.
Uning aytişiça, taşqi çegaralarda nazoratni kuçaytiriş va boşqaruvni yaxşilaş, axborot almaşiş böyiça hamkorlikni kuçaytiriş va yaxşilaş, çegaralarni boşqarişda Yevropa umumlaşgan tizimi kabi masalalar Şengen makonining bölajak strategiyasiga kiradi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanyul Makron mamlakat çegaralaridagi xavfsizlik kuçlari soni ikki baravarga köpaytirilişini aytgandi. Uning sözlariga köra, 4800 nafar politsiyaçi, jandarm va harbiylar "noqonuniy immigratsiyaga qarşi kuraşga" jalb etiladi.

















