Buyuk Britaniya hukumati Minskning harakatiga javob sifatida Belarusning ikki nafar diplomatini mamlakatdan çiqarib yubordi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Dominik Raab ma'lum qildi.
“Bugun britaniyalik diplomatlarning asossiz çiqarib yuborilişiga javoban ikki nafar Belarus diplomatini mamlakatdan çiqarib yubordik”, - deb yozdi u tvitter sahifasida.
Avvalroq Belarus britaniyalik diplomatlar – harbiy attaşe Timoti Uayt Boykott va elçi örinbosari Liza Tamvudni persona non grata deb e'lon qilgandi.
Xabar qilinişiça, “bu şaxslar Belarusdagi içki siyosiy vaziyat va noroziliklar töğrisida ma'lumot töplaşgan”.
“Mavjud ma'lumotlarga köra, diplomatlar joriy yilning may oyidan buyon muxolifat va jamoat, huquqni himoya qiliş taşkilotlari hamda nohukumat tuzilmalar vakillari bilan köp marta uçraşişgan. Harbiy attaşe bu maqsadda regionlarga bir neça marta kelgan”, – deyiladi ONT kanali xabarida.













