Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga qarshi ikkita samarali tabiiy mahsulot ma'lum qilindi
Asal va qora sedana iste'mol qilish koronavirusga chalingan bemorlarning kasallikni yengishida yordam berishi mumkin. Bu borada olib borilgan tadqiqot natijalari medRxiv portalida e'lon qilindi.
Foto: Getty Images
Mutaxassislar xalqaro guruhi koronavirusga chalingan o‘rta va og‘ir darajadagi bemorlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazgan. Ishtirokchilarning bir qismi har kuni bir kilogramm vaznga bir gramm asal va 80 milligramm qora sedana, qolgan qismi esa platsebo olgan.
Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, ushbu ikki mahsulotning iste'mol qilinishi o‘rta va og‘ir darajadagi bemorlarda, mos ravishda, tadqiqotning uchinchi va yettinchi kuni kasallik alomatlarining yengillashishiga olib kelgan hamda nazorat guruhidagi bemorlarga nisbatan virusning organizmdan 4 kun oldinroq chiqarilishida yordam bergan.
Olimlarning ta'kidlashicha, asal va qora sedananing birgalikda iste'mol qilinishi hech qanday ikkilamchi ta'sirlarga olib kelmagan hamda koronavirusni davolashning boshqa usullari bilan birga yoki ulardan alohida qo‘llanishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 09.08.2025
Xitoy O‘zbekistondan asal sotib olishni boshlashi mumkin
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
09:08 / 26.03.2025
Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazlari tashkil etiladi
15:48 / 06.10.2024