Şerlok Xolmsning Londondagi Beyker-stritda joylaşgan uyi Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qiziga tegişli. Bu haqda The Times naşri xabar berdi.
Şerlok Xolmsning uyidan (221V) taşqari, Beyker-stritdagi 215- va 237-uylar orasidagi bino va yerlar ham Nazarboyevlar oilasiga qaraşli. Köçmas mulklarning umumiy qiymati 140 million funt sterling (185,6 million dollarga yaqin) deb baholanmoqda.
Gazetaning ma'lumot berişiça, 2015 yilda Beyker-stritdagi mulklarining 90 foizi Dariğa Nazarboyevaga, 10 foizi esa uning öğli Nurali Aliyevga tegişli bölgan. Ammo ularning rasmiy egasi sifatida Farmont Baker Street Limited firmasi körsatilgan. Firmani keyinçalik BAA kompaniyasi sotib olgan.
Beyker-stritdagi köçmas mulklar Nuralining otasi, biznesmen Rohat Aliyevga tegişli ekanligi 2015 yilda ma'lum bölgandi. U keyinçalik davlatga xiyonat, qotillik va jinoiy guruh tuzişda ayblangan. Aliyev öşa yili Avstriyadagi qamoqxonada öz joniga qasd qilgan.

















