Xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev umumta'lim muassasalari xususiy sektorga topşirilsa, qança maktab xususiylaştirilişi kutilayotgani va bunda tadbirkorlarga qandaydir imtiyozlar yaratilişi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Xususiylaştiriş degan sözning özi xato. Maktablar xususiylaştirilmaydi. Maktablar tadbirkor şu hududda davlatga öz yordamini bermoqçi bölsa taklif qilinadi va unga davlat tomonidan bir qator imkoniyatlar beriladi.
Tadbirkor maktabga kelib, uni mavjud jamoa bilan boşqarişga jalb qilinadi. Hozir ham xususiy maktab oçgan juda köp tadbirkorlar bor. Uni rivojlantiriş yoki filialini taşkil qiliş uçun imkoniyat qidirmoqda, lekin yer topolmasligi mumkin yoki unga taklif etilgan joylar töğri kelmasligi mumkin.
Tadbirkorlar tomonidan «Mana şu maktabni men olib, yurgizay» degan takliflar bor. Lekin bu har qanday maktabni istalgan odam olişi mumkin degani emas. Qarorda 0,7 koeffitsiyentdan past deya nazarda tutilmoqda.
Koeffitsiyent nimaligini tuşuntirib bermoqçiman. Maktabda mingta öquvçi va mingta örin bölişi mumkin. Agar şu maktabda mingta örinda mingta bola öqisa, bu 1 koeffitsiyent degani. Agar ikki smenali bölsa, 2 koeffitsiyent bölişi mumkin. Ayrim hududlarda 2,5 koeffitsiyent ham bor. Bu juda oğir vaziyat. Bunday maktablarda albatta qöşimça ta'lim, tögaraklarni, bolalar bilan darsdan taşqari işlaşga imkoniyat çeklangan.
Lekin bor quvvatidan past darajada işlaydigan maktablar ham bor. Ular tobora kamayib bormoqda. Ya'ni mingta örinda 700, 600, 500 bola öqiydi. Mana şunday maktablarga tadbirkorlar taklif etiladi. Ularga şart qöyiladi: öqiyotgan bolalar, mikrohududga kirgan bolalarni tekin öqitiş, öqituvçilarga şaroit yaratiş, maktab moddiy bazasini rivojlantirişda yordam beriş. Şu şartlarga könsa, bu jarayonga kiradi.
Öz navbatida, unga maktabni böş hududi, binosi, yerida ta'limga aloqasi bor bölgan obektni barpo etib, yurgiziş imkoniyati beriladi. Bu beş yil davomida, keyinçalik qöşimça muddat berilişi bilan rivojlantirişga imkoniyat beriladi.
Davlat rahbarining 30 oktyabrda ötkazilgan selektorida Moliya vazirligi va Markaziy bankka şu masala qöyildi: şu sohada, yönalişda işlaydigan tadbirkorlarga Xalq ta'limi, maktablarni rivojlantirişda xarajatlarni qoplaş, kreditlar beriş tartibini işlab çiqiş. Bu masalaga mazkur idoralardan aniq javobni olamiz», dedi Usmon Şarifxöjayev prezident Şavkat Mirziyoyevning «Özbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni
















