Mazkur hujjatning raqobat muhitiga ta'siri viloyat Monopoliyaga qarşi kuraşiş hududiy boşqarmasi tomonidan örganilganda, «Raqobat töğrisida»gi qonunining 12-moddasi (3 va 8-xat boşlari) talablari buzilgani aniqlanib, bu böyiça iş qözğatilgan.

Şuningdek, boşqarma tomonidan örganiş jarayonida mazkur monitorlarni örnatiş işlari aniq bitta tadbirkorlik sub'yektiga (MÇJga) yuklatilgani qayd etilgan, deb xabar bermoqda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi «Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida»gi 104-sonli qaroriga asosan taşqi reklama obektlarini yer uçastkalarida, şuningdek, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda joylaştiriş huquqini beriş «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasida oçiq elektron auksion orqali amalga oşirilişi belgilangan.

Yuqoridagi omillar inobatga olinib, Samarqand şahar hokimligi qabul qilgan 2020 yil 18 iyundagi 99-F-sonli farmoyiş «Raqobat töğrisida»gi qonunining 12-moddasi talablariga zid bölgani sabab hududiy boşqarma tomonidan hokimlikka nisbatan iş qözğatilib, uning körsatmasiga asosan mazkur farmoyiş öz kuçini yöqotgan deb topildi.

Natijada, Samarqand şahrida taşqi reklama obektlarini örnatiş böyiça barça tadbirkorlik sub'yektlariga teng şaroit yaratildi.