Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlarini nazorat qiliş va barqarorligini ta’minlaş böyiça qaror qabul qilinişi kutilayotgani haqida xabar qildi.

Qömita bunga ayni kunlarda AI-80 markali benzin narxi oşgani aholi orasida tanqidiy muhokamalarga sabab bölayotganini asos sifatida körsatmoqda. Xabarda bu holatlarga qarşi huquqiy ta’sir çoralari yetarliligi keng muhokama qilinayotgani qöşimça qilingan. 

Qaror loyihasiga asosan Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi:

- 45 turdagi yuqori likvidli va monopol mahsulotlar (benzin, kömir, metall, sement va hokazo);

- 10 turdagi ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan iste’mol mahsulotlari (un, göşt, non, şakar, ösimlik yoği va hokazo) narxlari asossiz oşirilmasligini nazorat qiladi.

Mazkur vazifani bajariş uçun Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi:

- monitoring qiladi, ularning tebranişiga ta’sir etgan omillar va ularning kelib çiqiş sabablarini tahlil qiladi;

- mavjud zaxiralarni xatlovdan ötkazadi;

- taqdimnoma va körsatmalar kiritadi;

- javobgarlikka tortiş çoralarini köradi. 

«Bu – orqaga qadam»

Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev Aksilmonopol qömitaning narxlar nazorati borasidagi daraklariga munosabat bildirarkan, bu çora «yana bir orqaga qadam» ekani haqida yozdi. 

«Bilaman, hozir  qaror qabul qiluvçilar uçun ham, xalq uçun judayam qiyin va sinovli davr. Bunday vaqtlarda qaror qabul qiluvçilar xalqning ğazabini  va noroziligini qözğamaslik uçun   köpçilikka yoqadigan, lekin samarasiz va zararli qarorni qabul qilişga ham tayyor böladi.  Narxlar nazorat qilinişi esa tabiiyki, köpçilik tomonidan ijobiy qabul qilinadi. 

Balki bu qaror qisqa muddatda biroz iş bergandek ham bölar, lekin uzoq muddatda  narxlarni nazorat qiliş köproq zararli bölişi bilan birga xalq kutgan natijaga ham olib kelmaydi», deb yozdi u.