Andijonda o‘rnatilgan «aqlli» gaz hisoblagichlarning 40dan ortig‘i ishdan chiqdi. «Hududgazta'minot» izoh berdi
Sentabr oyi oxirida Andijon shahrining Shimoliy kichik dahasidagi 77-uyning 15-xonadonida «aqlli» gaz hisoblagich portlab ketgani haqida xabar tarqalgandi.
Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda «aqlli» gaz hisoblagichlar yaroqsiz holatdaligi, ular portlab ketayotgani haqida muhokamalar ko‘paydi. Ana shunday hisoblagichlar tasvirlangan suratlar ham tarqaldi.
Kun.uz muxbiri mazkur masalaga oydinlik kiritish uchun «Hududgazta'minot» AJ axborot xizmati rahbari Mehribon Mametova bilan bog‘landi.
«Fotosuratlardagi 40dan ortiq hisoblagich Andijonda iste'molchilarga o‘rnatilgan, ammo texnik sabablarga ko‘ra ishdan chiqqan. Ularni yig‘ib olganmiz. Shulardan 12tasi ajratib olinib, sinovdan o‘tkazilgan. Ya'ni hisoblagichlarda tashqi ta'sirlardan valentlik sinovlari o‘tkazilib, avvalgi hodisalarning sabablarini aniqlash uchun Italiyadan kelgan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqaruvchi «Texnopark» MChJ vakillari ishtirokida o‘tkazilgan shunga o‘xshash tajribalar takrorlandi.
Nosoz hisoblagichlarning har biri uchun ishlab chiqaruvchiga sabablarini aniqlash maqsadida so‘rov yuborildi. «Aqlli» hisoblagichlarning ishlamay qolishi bilan bog‘liq barcha texnik hodisalarda ishlab chiqaruvchiga, ya'ni «Texnopark» MChJga xabar beriladi. Abonentlarning uy xo‘jaliklarida joylashgan barcha «aqlli» hisoblagichlar ishlab chiqaruvchining ishga yaroqliligi va xavfsizlik darajasi kafolati ostida o‘rnatiladi. Turli sabablarga ko‘ra ishlamay qolganda, ishlab chiqaruvchi tomonidan hisoblagich yangisiga almashtiriladi. Gaz o‘lchash moslamalari ishlamay qolishining sabablarini qo‘shimcha tekshirishni «Texnopark» MChJ amalga oshiradi.
Shuni aytish joizki, Andijonga ishchi guruh borib, holatni o‘rgangan. Hisoblagichlarni sinovdan o‘tkazishda «Texnopark»dan jalb qilingan mutaxassislar ham ishtirok etgan. Chunki birorta hisoblagich ishdan chiqsa, biz «Texnopark»ni darhol xabardor qilamiz.
Umuman olganda, «Hududgazta'minot» AJ gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida 3,5 milliondan ortiq «aqlli» hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozirgacha respublika bo‘yicha 508 mingta hisoblagich o‘rnatildi. Shuning 80 mingtasi Andijon viloyatiga qo‘yilgan.
Hisoblagich o‘rnatish jarayonida iste'molchilar uchta uchta hududga bo‘lib olingan: «Qizil hudud», «Sariq hudud», «Yashil hudud». Gaz iste'moli katta, lekin iste'molchi to‘lovi kam joylar «qizil hudud»ga kiritilgan. Iste'mol ham, to‘lov ham o‘rtacha bo‘lgan joylar «sariq hudud» hisoblanadi. Iste'molga yarasha to‘lov qilinayotgan, iste'molchilarning to‘lov intizomi yaxshi joylar «yashil hudud» sifatida ajratib olingan», dedi tashkilot rasmiysi.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:16 / 05.11.2024
«Hududgazta’minot» kunlik gaz iste’molini kuzatib borish imkonini beruvchi botni ishga tushirdi
16:17 / 02.11.2024