O‘zbekiston | 08:04 / 13.11.2020
5850
3 daqiqa o‘qiladi

Koreya Respublikasi prezidenti O‘zbekiston maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shinni orden bilan taqdirladi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligida vazir Agrippina Shinni "Davlatlararo diplomatik xizmatlari uchun" ordeni bilan rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmon Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In tomonidan imzolangan.

Argippina Shin o‘z nutqi avvalida Koreya Respublikasi mamlakatning asosiy hamkorlaridan biri, yirik investor, O‘zbekiston iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish dasturlari ishtirokchisi sifatidagi davlatga aylanganligini ta'kidladi. Xususan, 2018 yilda o‘z faoliyatini boshlagan Toshkentdagi Puchon universiteti filialining “Maktabgacha ta'lim” fakultetida hozirda Puchon universitetining o‘quv reja va dasturlariga muvofiq 892 nafar talaba tahsil olmoqda. 

2019 yilda “Hyundai Engineering and Construction” kompaniyasi ko‘magida Nukus shahridagi “Imkon” reabilitatsiya markazi bilan ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

Shu bilan birga, Koreyaning “New Millennium Construction Co., Ltd.” kompaniyasi Toshkent shahridagi 324-sonli eksperimental maktabgacha ta'lim tashkilotini rekonstruksiya ishlarini olib bordi, uning asosida ta'limning koreyscha modeli ko‘rsatilgan.

“BooyoungGroup va AHA” kompaniyalari O‘zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimi ehtiyojlari va MTT tashkil etish uchun moddiy-texnika vositalarini hadya etdi. “BooyoungGroup” kompaniyasi tomonidan 2000 dona raqamli pianino respublikaning barcha burchaklaridagi bolalar bog‘chalariga yetkazib berildi.

Rasmiy taqdirlash marosimida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kan Chje Kvon, harbiy attashe Pak An So, ikkinchi kotib Kan Dji U, ikkinchi kotib Gu Gvan Il, konsul Janob Kim Mun Chje ishtirok etdi.

“Qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni kengaytirish va mustahkamlashga qo‘shgan hissam uchun Koreya Respublikasi prezidentining oliy mukofotiga sazovor bo‘lish men uchun katta sharaf. Bu orden kelgusi faoliyatimda yana bir rag‘bat vositasi bo‘ladi”, – deya xulosa qildi vazir.

Ma'lumot uchun, “Davlatlararo diplomatik xizmatlari uchun” ordeni 1963 yil 25 iyulda mamlakat fuqarolari va chet el vakillarini diplomatik sohadagi xizmatlarini munosib rag‘batlantirish, shuningdek, xorijda milliy nufuzni oshirish, xalqaro hamkorlik va do‘stlikni targ‘ib qilish maqsadida ta'sis etilgan.

Mavzuga oid