Koronavirusni boşdan ötkazib, himoya niqoblarini taqmay yuradiganlar infeksiyaning eng xavfli tarqatuvçilari hisoblanadi. Bu haqda rossiyalik pulmonolog Aleksandr Karabinenko ma'lum qildi.
Mutaxassisning ta'kidlaşiça, kasallikdan soğayib ketilgandan keyin ham virus yuqori nafas yöllarida qoladi va aynan şu sababli barça odamlar niqob taqib yurişlari şart.
“Niqob taqmaydiganlar koronavirusning eng faol tarqatuvçilari hisoblanadi. Birinçi navbatda, bundaylar toifasiga bolalar, bir narsani uqtiriş qiyin bölgan yoşlar kiradi”, deb ta'kidlab ötgan Karabinenko.
Oktyabrda AQŞdagi Prinston, Jon Hopkins va Kaliforniya universitetlari olimlari koronavirusning asosiy tarqatuvçilari bolalar va yoşlar hisoblanişini, ular hisobiga koronavirus yuqtiriş holatlarining uçdan bir qismi töğri kelişini ma'lum qilişgan. Olimlarning ta'kidlaşiça, öz tengdoşidan virusni oson yuqtirib oliş mumkin. Şu sababli bolalar va yoşlar orasida virus yuqtirib oliş ehtimoli yuqori böladi.

















