Şu yilning 3 noyabr kuni «MIB noqonuniy undirilgan jarimani keksa pensionerga qaçon qaytaradi?» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.

Kuni keça pensioner Beknazar Jörayev Kun.uz bilan boğlanib, muammo qisman hal bölganini xabar qildi.

Uning bildirişiça, maqoladan söng notöğri undirilgan jarima bir martalik tölov bilan qaytarilgan hamda xonadonga yangi gaz hisoblagiç örnatilgan.

Albatta, maqolada aks etgan muammoni hal etişga tezkorlik bilan yondaşiş maqtovga arzigulik hol. Biroq lahzada hal qiliş mumkin bölgan işni aprel oyidan beri sudraş, nafaqadagi inson va atrofidagilarning asabini buziş kimga kerak böldi, degan savol tuğiladi.

Vaholanki, MIBning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tuman bölimi qarorini bekor qilgan çoğdayoq barçasiga nuqta qöyiş mumkin edi-ku.

Endi mulohaza yuritib köraylik: uşbu tumanda, Qaşqadaryo viloyatida, yoinki respublikada Beknazar Jörayev singari öz haq-huquqini talab qilayotganlar, ammo u eşikdan bu eşikka sarson qilinayotganlar qança ekan-a? Haqqini talab qilmay barçasiga könib ketayotganlarçi? Nahotki, ularning muammolari öz dardi-taşvişini jamoatçilik muhokamasiga olib çiqqanidan keyingina hal etilsa?!

Öylaymizki, uşbu arzimasdek köringan muammoning yoritilişi va ijobiy hal bölişi MIBning boşqa hududlardagi bölimlari faoliyatiga yana bir bor tanqidiy nazar solinişiga sabab bölsa...