Oliy ta'lim muassasasi talabani turar joy bilan ta'minlashga kafolat bermaydi - mas'ul
Oliy ta'lim muassasalarida joriy o‘quv yilini an'anaviy shaklda boshlash bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda so‘z olgan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov oliy ta'lim muassasasiga talabalarning 60-70 foizi keladigan bo‘lsa, oliy ta'lim muassasalarining barchasida talabalarni yotoqxona bilan ta'minlash imkoniyati bormi, deya berilgan savolga javob qaytardi.
“Buni tan olish kerak, talabalar turar joyida barcha talabalarni to‘liq ta'minlash imkoniyati mavjud emas. Bugungi kundagi barcha talablarga javob beradigan va mas'uliyatni bo‘yniga oladigan talabalarimiz an'anaviy ta'lim shakliga qaytadi. Oliy ta'lim muassasasi talabani turar joy bilan ta'minlashga kafolat bermaydi. Imkoniyati mavjud bo‘lgan talabalar an'anaviy ta'lim shaklida o‘qiydi.
Ma'lum bir talabalar turar joylarida bugungi kunda ta'mirlash ishlari ham olib borilyapti. Ta'mir tugaganidan keyin [xonalarning] tarqatilishi bo‘yicha har bir oliy ta'lim muassasasining o‘zi bu imkoniyatni talabalarga beradi. Talabalarni turar joyga joylashtirishda hamma biladiki, imkoniyati cheklangan talabalar birinchi o‘rinda yotoqxona bilan ta'minlanadi. Kam ta'minlangan, Mehribonlik uylari bitiruvchilari – mana shu toifadagilar”, – deya Abduvali Xoliqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
-
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
O‘zbekiston | 07:57
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

18:41 / 09.08.2023
Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’limga o‘tkaziladi - Abduvali Xoliqov

10:29 / 22.06.2023
Yangi o‘quv yili qabuliga oid matbuot anjumani o‘tkazildi – asosiy ma’lumotlar

17:58 / 17.05.2023