Rasmiy maʼlumotga köra, yöl-transport hodisasi 27-oktabr kuni soat 21:00 larda Qönğirot mahallasi hududidan ötuvçi D-076 avtomobil yölining 80-kilometrida sodir bölgan.

Iştixon–Payşanba yönalişida harakatlanayotgan Epica haydovçisi boşqaruvni yöqotib, yölning öng tomonidagi temir tösiqqa urilgan. Rasmiy munosabatda bunga haydovçining eʼtiborsizligi sabab bölgani bildirilgan.

Haydovçi olgan oğir tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Iştixon tumani IIB Tergov bölimi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Rasmiylar haydovçilarni belgilangan tezlik meyorlariga rioya qilişga, xavfsiz oraliq masofani saqlaşga va rulda huşyor bölişga çaqirgan.