Tigray qirğini: Efiopiyada yangi uruş olovi. U yerda nimalar bölmoqda?
|21:41 / 15.11.202022 98310 min
Efiopiyada hukumat va ayirmaçilarning «Tigray ozodlik xalq fronti» kuçlari örtasida ziddiyat avj olmoqda. Tigray provinsiyasini nazorat qiluvçi jangarilar qöşni provinsiyadagi ikki aeroportga raketalar bilan hujum qilişgan va bunday hujumlar davom ettirilişi töğrisida ogohlantirişgan. Şuningdek, Efiopiya hududidan qöşni davlat Eritreya poytaxti Asmerega ham raketalar yöllangan. Qarama-qarşilik oqibatida sönggi bir neça kun içida bir neça yuz kişi halok bölgan.
Tiksa Negeri/ReutersTiksa Negeri/Reuters
Efiopiya hukumati va tigraylar taşkiloti örtasidagi keskinlik sönggi oy içida kuçayib borib, qurolli töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Amnesty International inson huquqlarini himoya qiliş taşkiloti ma'lumotlariga köra, 9 noyabr kuni May-Kadera qişloğida jangarilar hujumi oqibatida yuzlab kişilar öldirilgan.
«Tigray ozodlik xalq fronti» uşbu qirğinga aloqadorligini inkor etayotgan bölsada, Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad uşbu taşkilot rahbariyatini ommaviy qotillik uyuştirişda ayblamoqda.
Avvalroq hukumat rasmiylari «Tigray ozodlik xalq fronti»ni federal harbiylarning lageriga hujum uyuştirişda ayblab, ayirmaçilarga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlaş töğrisida buyruq bergandi. Şundan söng ikki tomon örtasida havo zarbalari orqali töqnaşuvlar boşlanib ketgandi.
Tigray - Efiopiyaning şimoliy provinsiyasi bölib, Eritreya va Sudan bilan çegaradoş bölgan bu hudud aholisi özlarini tigraylar deb ataşadi. Mamlakat markazi va janubida yaşovçi aholi esa amxar xalqiga mansub hisoblanadi.
Aeroportlarga yöllangan raketa zarbalari haqida nimalar ma'lum?
Efiopiya hukumati ma'lumotiga köra, raketalar juma kuni keçqurun Amxara hududidagi Bahr-Dor va Gonder şaharlariga qarata uçirilgan. Raketalardan biri Gonder aeroportiga tuşgan va uning bir qismini vayron qilgan.
Öşa vaqtda uçirilgan ikkinçi raketa Bahr-Dor aeroporti atrofiga tuşgan. Qurbonlar haqida ma'lumot berilmagan. Ikki aeroportdan ham yölovçi samolyotlar va harbiy samolyotlar parvozi uçun foydalanilgan.
Amxaradagi köngillilar federal harbiylar tomonida turib jang qiladi / AFP
Öz navbatida, «Tigray ozodlik xalq fronti» raketa zarbalari boş vazir Abiyga böysunuvçi hukumat harbiylari tomonidan berilgan havo zarbalariga javob ekanini ma'lum qilgan. «Tigray xalqiga hujumlar töxtamas ekan, bizning hujumlarimiz ham kuçayib boradi», degan taşkilot vakili Getaçu Reda feysbukdagi sahifasida.
Keyinroq Tigray telekanalida çiqiş qilgan Reda yangi zarbalar berilişi ehtimolidan ogohlantirdi. Uning sözlariga köra, keyingi nişon Eritreya poytaxti Asmera bölişi mumkin, bu esa uşbu nizo ikki qöşni davlat miqyosiga köçişi mumkinligini anglatadi.
Mavzuga oid
Şanba kuni keçqurun Asmeraga Efiopiya hududidan turib zarba berilgani ma'lum böldi. Diplomatik manbasiga asoslanib xabar tarqatgan Reuters agentligi ma'lumotiga köra, şaharga kamida uç raketa uçib kelgan, ulardan ikkisi aeroport hududiga tuşgan. Tigraydagi ayirmaçi kuçlar Eritreya Efiopiya hukumatiga harbiy yordam körsatib keladi deb hisoblaydi, ammo eritreyaliklar hukumati buni inkor etadi.
Tahlil: Eritreyaga zarba berilişi nimaga olib kelişi mumkin
BBC’ning uşbu mintaqadagi muxbiri Uill Ross «Tigray ozodlik xalq fronti» Eritreya poytaxtiga raketa zarbalari yöllanişidan keyin vaziyat yanada jiddiylaşgani va buni endi töxtatib bölmasligi haqida fikr bildirgan. Buning oqibatida mintaqadagi barqarorlik izdan çiqişi mumkin.
Muxbirning fikriça, vaziyat yanada keskinlaşuviga Efiopiya boş vaziri 1993 yildan buyon Eritreyaga rahbarlik qilib kelayotgan Isayyas Afeverki bilan ittifoq tuzgani sabab böladi. Endi ikki siyosatçining umumiy duşmani bor: «Tigray ozodlik xalq fronti»dan bölgan siyosatçilar - ular köp yillardan buyon Efiopiya siyosiy hayotida muhim örin tutib kelişardi. Şu jumladan, 1998-2000 yillarda Eritreya bilan çegara tufayli bölib ötgan uruşda ön minglab kişilar (ayrim baholarga köra ikki tomondan jami 300 ming qurbon) halok bölgan vaqtda ham.
Harbiy harakatlar boşlangaç tinç aholi orasida minglab kişilar qöşni Sudanga qoçib ötdi / AFP
Hozirça tomonlar xalqaro hamjamiyatning tinçlik çaqiriqlarini inkor etib kelişmoqda, minglab qoçqinlar qöşni Sudan hududiga ötgan.
Efiopiya boş vaziri Tigraydagi ayirmaçilar bir neça kun içida tor-mor etilişini ma'lum qilgandi, ammo u raqibning kuçlariga töğri baho bera olmagan bölişi mumkin. Tigraydagi harbiy kuçlar ham harbiy harakatlar olib borişda tajribaga ega va ular mahalliy toğli hududni a'lo darajada yaxşi bilişadi.
Şu bilan birgalikda, keng kölamli mintaqaviy nizo Efiopiyaning tinç aholisi va butun Afrika şoxi mintaqasi uçun oğir oqibatlarga ega bölişi mumkin.
Kim kim bilan urişmoqda?
2019 yilda boş vazir Abiy Ahmad Ali qöşni Eritreya bilan köp yillik mojaro hal qilingani uçun tinçlik böyiça Nobel mukofotini olgandi. Ammo endi u tufayli yangi uruş avj olmoqda.
2019 yilda Abiy Ahmad Ali tinçlik böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölgandi / GETTY IMAGES
Ayni vaqtda 44 yoşda bölgan Abiy asli dasturçi bölib, 2018 yilda modernizatsiya haqidagi şiorlari bilan hokimiyatga kelgandi.
Marksça-leninça sotsialistik ğoyalar asosiga qurilgan «Tigray ozodlik xalq fronti» partiyasi uzoq vaqt davomida hukumatdagi koalitsiya tarkibida bölgan va umummilliy darajada ta'sirga ega bölgan, ammo Abiy Ahmad davrida taşkilot va markaziy hukumat örtasidagi aloqalarga darz ketdi.
Tigray yetakçilari boş vazirni notöğri siyosat yuritişda va tigrayliklarni hukumatdan çetlatişga urinişda ayblaydi, boş vazir esa ularni korrupsiyada va islohotlarni sabotaj qilişda. Ahmadning sözlariga köra, Tigray qonun ta'qibidan qoçqinlar uçun boşpanaga aylangan.
9 sentyabr kuni Tigray hukumati markaziy hukumatga böysunişdan boş tortdi va hududiy parlament uçun saylovlar ötkazişga qaror qildi, markaziy hukumat esa koronavirus pandemiyasi tufayli saylovlarni bekor qildi.
3 noyabr kuni Abiy Ahmad mahalliy ayirmaçilar mintaqaga joylaştirilgan harbiy lagerga hujum uyuştirgani haqida ma'lum qildi. Şu kuni Efiopiya parlamenti «Tigray ozodlik xalq fronti»ni terrorçi taşkilot deb e'lon qildi, prokuratura esa taşkilotning 64 nafar asosiy yetakçilarini, şu jumladan, taşkilot rahbari Debretsion Geberemayklni hibsga olişga order berdi.
4 noyabr kuni taşqi dunyo uçun noma'lum hudud bölgan Efiopiya şimoli butun dunyo diqqat markazidagi hududga aylandi. Bu yerda harbiy harakatlar boşlandi, hukumat harbiylari aviatsiyadan foydalanmoqda. Poytaxtdagilar hujumlar muvaffaqiyatli bölgani haqida aytişgan.
Hududdagi vaziyat
Tinç aholi vakillari öz yerlarini qöriqlaşga tayyorlanmoqda/GETTY IMAGES
Tigrayda telefon aloqasi va internet işlamagani tufayli Tigraydagi vaziyat tufayli aniq va tekşirilgan ma'lumot olişning imkoni yöq. Ammo BBC’ning Addis-Abebadagi muxbiri xabar berişiça, ziddiyat kun sayin keskinlaşib, vaziyat yomonlaşmoqda. Qarindoşlari Tigrayda yaşovçi jurnalist Xana Zeratsionning aytişiça, mintaqada un, gaz va hammasidan ham yomoni suv taqçilligi yuzaga kelgan - endilikda içimlik suvi ölçab tarqatilmoqda.
500 mingga yaqin kişi istiqomat qiladigan Mekele şahrida suv quvuri bir haftada bir marta işlaydi. Odamlar avvaliga suvni buyurtma qilişayotgandi, endi mobil aloqa öçirib qöyilgani tufayli buning imkoni yöq.
Payşanba kuni elektr toki ham öçib qoldi, xabarlarga köra, mahalliy gidrostansiya portlatib yuborilgan.
«Men oilam uçun juda taşvişdaman, ayniqsa 11 yoşli ukam uçun. U kasal va hozirda unga dori topiş juda muşkul işga aylangan. Avval biz videoaloqa orqali boğlanib turardik, ammo endi bu ham yöq», degan Xana.
Beşafqat qirğin
Harbiy harakatlar 9 kun muqaddam, mamlakat hukumati Tigraydagi harbiy bazaga hujum uyuştirilganini ma'lum qilgaç boşlangandi
Mavjud ma'lumotlarga köra, qirğin 9 noyabr kuni keçqurun bölib ötgan. Bundan bir kun oldin hukumat harbiylari Lugdi nomli hududda ayirmaçilarni qaqşatqiç mağlubiyatga uçratgandi.
«Tigray ozodlik xalq fronti» bu vahşiylikka aloqadorligini rad etmoqda. Debretsion Geberemaykl «Frans press» agentligiga bergan intervyusida bu haqda heç narsa bilmasligini aytib, hukumatni Mekele viloyati markazi va Adigrat şahrida aviazarbalar beriş orqali tinç aholi vakillari ölimiga sababçi bölişda ayblagan.
Debretsion Geberemaykl/REUTERS/Tiksa Negeri
Ammo Amnesty International taşkiloti guvohlarga asoslangan holda, ommaviy qirğin ayirmaçi kuçlar tomonidan amalga oşirilganini ma'lum qilmoqda.
«Amnesty International Tigray viloyatining janubi-şarqida joylaşgan May-Kadra şahrida 9 noyabrga ötar keçasi önlab, balki yuzlab insonlar söyib yoki çopib taşlangani töğrisidagi ma'lumotlarni bugun tasdiqlay oladi», deyiladi xabarda.
Taşkilot marhumlarning jasadlariga oid suratlar va videolarni ekspertizadan ötkazgan Crisis Evidence Lab laboratoriyasi ma'lumotlariga tayanmoqda. Tasdiqlanişiça, suratlar yaqinda May-Kadra şahrida olingan. Laboratoriya surat va videolarning geopozitsiyasini sun'iy yöldoşlar yordamida aniqlagan.
Jasadlar şahar markazidagi Efiopiya tijorat banki binosi yaqinida va qöşni Xumera şahri yöllari çetidan topilgan. Ularning bir qismi avtomatdan öq uziş orqali öldirilgan, yana bir qismi tiğli qurollar bilan çopib taşlangan. Qatl oldidan ularning qöl va oyoqlari boğlangan bölgan.
Mavjud ma'lumotlarga köra, qurbonlar orasida Efiopiya armiyasining asir olingan harbiylari ham, Tigraydagi qişloq xöjaligi dalalarida işlaş uçun Efiopiyaning boşqa qismlaridan kelgan tinç aholi vakillari ham bor.
May-Kadrada halok bölganlarning aniq soni hozirça ma'lum emas. Biroq mahalliy OAV ma'lumotlariga köra, 500 ga yaqin odam qirğin qurboniga aylangan.
Boş vazir raqib tomonni «yurakni larzaga soluvçi şafqatsizlik»da aybladi. «Bunday yovuzlik - bu olçoq xunta uçun oddiy hol», deya yozgan u feysbukdagi sahifasida.
BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Mişel Baçelet obektiv tekşiruv ötkazişga çaqirgan, undan ham yaxşisi - öt oçişni töxtatişni söragan.