FDG kompaniyasi Toshkentda qaysi tijorat ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish afzal ekanligini va bu sohada talab qanday bo‘lishini gapirib berdi.

Tijorat ko‘chmas mulki yuqori talabga ega bo‘lishining sababi nimada?

Xalqaro konsalting kompaniyalarining ekspertlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislar, Toshkent, mamlakat bo‘yicha ish olib borish doirasida yetakchi o‘rinni egallagan holda, investitsiyalar markazi ekanligi borasida bir xil fikrga ega. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari bo‘yicha joriy yil birinchi yarmi mobaynida poytaxtda 7008 kichik korxona va mikrofirma (umumiy ko‘rsatkichdan 15,1%) tashkil etilgan. Bundan tashqari, startaplarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi yangi tadbirkorlik shakllanishini ta'minlamoqda.

Ijarachilarning navbatdagi qatlami – xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalari. O‘zbekiston siyosati xorijiy investorlarni jalb qilishga qaratilgan bo‘lib, natijada bu ofis binolariga bo‘lgan talabni oshiradi. O‘z navbatida hududlardagi biznes ham, geografiya kengaytirilganda, Toshkent bozoriga chiqadi.

Shu sababli, bu allaqachon Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina va AQShda bo‘lgani kabi tijorat ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish tobora daromadli va ishonchli kapital sarflanishiga aylanmoqda.

Zamonaviy ijarachilar nima qidirmoqda?

Bugungi kunda tadbirkorlar ish hududiga yuqori talablar qo‘ymoqdalar. Ular jahon standartlariga javob beruvchi ko‘chmas mulkni qidiradilar, sababi ofis – bu kompaniya qiyofasi va ish hamkorlari hamda mijozlar bilan uchrashish joyi. Ijarachilar eskirib qolgan kommunikatsiyalar va noqulay rejalashtirilgan eski binolarning kamchiliklariga rozi bo‘lmaydilar.

Aviapark yangi biznes-markazi quyidagi sabablarga ko‘ra investitsiyalash uchun eng yaxshi obektlarning biriga aylanishi kutilmoqda.

Qulay joylashganligi

Aviapark BM’ning ro‘parasida “Mashinasozlar” metro bekati joylashgan. Bundan tashqari, yaqin masofada “Ashxobod” parki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” markaziy shifoxonasi, ishlab chiqarish korpuslari bloki singari asosiy lokatsiyalar joylashgan. Amir Temur xiyobonidan atigi 3 metr masofada joylashganligi va yo‘lga qo‘yilgan transport infratuzilmasi xodimlarning va ish hamkorlarining tez va qulaylik bilan BM’gacha yetib kelishlarini ta'minlaydi.