Davletovuz kanali muallifi oçiq manbalarga asoslangan holda uşbu kompaniya tomonidan poytaxtda turli inşootlarni quriş, infratuzilma yöl va kommunal tarmoqlar barpo etiş, ta’mirlaş kabi buyurtmalar töğridan töğri, asosan hukumat hujjatlari bilan xususiy kompaniyalarga taqdim etilgani haqida yozdi.
Keltirilgan jadvalda davlat xaridlari portalida joylaştirilgan, şartnoma qiymati qariyb 1,5 trln sömlik buyurtmalar qaysi kompaniyalarga berilgani haqida ma’lumot taqdim etilgan.
Xususan, «Power Construction Planet» MÇJ (avvalgi nomi Discovery Invest) kompaniyasi (kompaniyaning 66,9 foiz uluşiga muqaddam Akfa Engineering Management kompaniyasida direktor örinbosari va direktor lavozimlarida işlagan Ismoil Isroilov egalik qiladi) bilan Arxitektura institutining uçta binosini quriş uçun jami 167 mlrd sömlik, Davlat soliq qömitasi binosini kapital ta’mirlaş va jihozlaş uçun 35,6 mlrd sömlik, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mirzo Uluğbek tumani bölimi binosini quriş va jihozlaş uçun 17,9 mlrd sömlik, Raqamli Toşkent situatsion markazini quriş uçun 100,2 mlrd sömlik, Zangiota tumanida ixtisoslaştirilgan 2160 örinli karantin zonasini quriş uçun 39,2 mlrd sömlik şartnomalar tuzilgan.
Şuningdek, 2020 yilning mayiga qadar Ismoil Isroilov 40 foizlik uluşiga egalik qilgan, hozirda 82,40 foiz uluşi Nodirjon Asatovga tegişli bölgan «ECO HOUSE-GROUP» MÇJ (avvalgi nomi Whitecity Construction) bilan Mirzo Uluğbek tumanidagi Geologiya fanlari universiteti bino va inşootlarini quriş hamda ta’mirlaş uçun 357,6 mlrd sömlik, Sergeli tumani Özar köçasida qurilayotgan 46ta köp kvartirali uylarning içki muhandislik tarmoqlarini quriş va hududlarni obodonlaştiriş uçun 22,7 mlrd sömlik, Talabalar şaharçasida OTM öqituvçi, ilmiy xodimlari uçun 6ta köp qavatli uylarning içki muhandislik tarmoqlarini quriş va hududni obodonlaştiriş uçun 6,4 mlrd sömlik şartnomalar imzolangan.

«Summalar asosan şartnoma qiymatiga taalluqli bölib, yakuniy miqdori bajarilgan işlar böyiça köp yoki kam bölişi ham mumkin.
Ayrim şartnomalarda manfaatlar töqnaşuvi ehtimoli ham körinadi, buyoği endi mutasaddi idoralarning işi. Aksariyat kompaniyalar sönggi 2-3 yilda taşkil topgan. Şunday bölsa-da, yirik-yirik obektlar ularga işonib, tendersiz topşirilgan. Mablağlar asosan respublika budjeti, şaharning rejadan oşgan qismidan jalb qilinişi belgilangan», deyiladi


















