Tadbirda deputat Doniyor Ğaniyev savol berayotgan paytda Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Maqsud Yöldoşev kamera mikrofonini öçirişni yoddan çiqarib qöydi. Majlis Youtube orqali jonli efirga uzatilayotgan edi.
Vazir örinbosari öşa paytda qönğiroq qilgan Xurşid ismli şaxsga javob berar ekan, “Obqoçişga majburmiz endi, nima qilamiz?” degan sözlari töğridan töğri efirda ketdi.
Tez orada «Telegram» tarmoği orqali Maktabgaça ta'lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxöjayeva nomidan quyidagi axborot tarqaldi:
“Holat yuzasidan haqiqatan ham M. Yöldoşev deputatlar savollariga javob bergandan söng onlayn uzatilayotgan efir mikrofonini öçiriş esdan çiqqanligi va u iş faoliyatini davom ettirganligi hamda bu jarayonda unga bölgan qönğiroqqa javob berganligi ma'lum böldi.
Vazir örinbosari M. Yöldoşev bu telefon orqali sözlaşuv mazmuni deputatlarga berilgan javobga aloqasi yöqligini ma'lum qildi.
Şu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalari vakillaridan turli xil “ehtimollar”ga asoslangan fikrlarini ilgari surmasliklari va vaziyatga töğri baho berişlarini söraymiz”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

















