Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlariga asoslanib, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.
Jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanuvchilar 59 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shundan:
— erkaklar – 65,4 %
— ayollar – 52,4 %
Jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning shahar va qishloq aholisi bo‘yicha ulushi:
— shaharda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar – 60,6 %
— qishloq joylarda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchilar – 57,2 %
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati











