9 oyda korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslar haqida ma'lumot ochiqlandi
2020 yilning 9 oyi davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jami 838ta korrupsiya holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shundan sudlarga yuborilgan 454ta jinoyat ishlari bo‘yicha 647 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
2020 yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsion huquqbuzarliklar sodir etgan mansabdor shaxslarning eng katta qismi, ya'ni 261 nafar shaxsni (40,3 foiz) Jinoyat kodeksining 167-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgan mansabdor shaxslar tashkil qilgan.
Shuningdek, JKning 168-moddasi bilan 116 nafar shaxs, 184-moddasi bilan 68 nafar shaxs, 210-moddasi bilan 56 nafar shaxs, 205-moddasi bilan 24 nafar shaxs, 206-moddasi bilan 9 nafar shaxs, 207-moddasi bilan 15 nafar shaxs, 209-moddasi bilan 7 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo‘yicha tahlil natijalariga ko‘ra, 7 nafar hokim o‘rinbosari, 1 nafar prokuratura, 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, 13 nafar Majburiy ijro byurosi, 1 nafar adliya, 59 nafar IIV xodimi, 6 nafar DSQ xodimi, 1 nafar bojxona, 2 nafar Milliy gvardiya, 3 nafar Mudofaa vazirligi, 57 nafar Sog‘liqni saqlash vazirligi, 8 nafar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, 15 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, 89 nafar Xalq ta'limi vazirligi, 36 nafar Maktabgacha ta'lim vazirligi, 34 nafar bank rahbarlari, 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
2020 yilning 9 oyi davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
17:16 / 17.12.2024
Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiya tufayli iste’foga chiqarilgan bo‘lishi mumkin
15:17 / 17.12.2024