Qömita rasmiysining aytişiça, bu jarayonda mahalla faollari bilan birga psixologlarni jalb qiliş vaziyatni özgartirişi mumkin edi. Qolaversa, aksariyat xotin-qizlar huquqlarining buzilişi ular öz huquqlarini bilmasligi oqibatida ham kelib çiqmoqda.

«Namanganda bölgan noxuş holatni biz ham örgandik. Hozirda jarayon qanday bölgani böyiça tergov harakatlari olib borilyapti. Lekin baribir öşa yerdagi mas'ullarning ham mas'uliyatini ozgina kuçaytiriş kerak böladi. Biz har doim aytamiz, bu kabi vaziyatlarda psixologlar ham yaxşi harakat qilişlari kerak! Mana şunday muammolar bor ekan, psixologlarni jalb qiliş lozim. Agarda psixologlar ular bilan işlaganida vaziyat ançagina boşqa tomonga özgargan bölardi. Mahalla fuqarolar yiğinlari bilan birgalikda işlaş kerak edi.  

Xotin-qizlarimizning tadbirkorlikdan, çiqarilayotgan qonunlardan, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardorligi past. Ular bilan işlaşimiz, huquqlaridan xabardorligini oşirişimiz kerak.

Töğri, bu yönalişda vazirliklar, Senat, Qonunçilik palatasi va boşqa taşkilotlar işlayapti. Lekin baribir oldimizda bajarilişi zarur bölgan vazifalar köp.

Umuman olganda, ayollar huquqlarining buzilişi aynan bexabarlik oqibatida kelib çiqmoqda. Köp mavzular ijtimoiy tarmoqlar, televideniye orqali oçiq-oydin muhokama qilinyapti. Buning natijasida aytilgan muammolar senatorlar tomonidan öşa joyga borib örganilyapti. Lekin baribir hali oldimizda turgan muammolar köp», dedi qömita raisi.

Feruza Eşmatova

Şuningdek, Feruza Eşmatova ta'lim va bir neça sohalarda xotin-qizlar qamrovi kamligi haqida gapirdi. Uning sözlariga köra, bu jarayonga birinçi galda ota-onalar mas'uldir.

«Hamma narsani tarbiyadan boşlaşimiz kerak. Uyda, maktabda, boğçada ham, umuman bola tuğilganidayoq şuni örgatişimiz kerakki, qiz farzand ham, öğil ham bir xil huquq va imkoniyatlarga ega. Ayniqsa, qizlarning ta'limiga katta e'tibor qaratişimiz kerak. Ularning oliy ta'limga qamrovini köpaytirişimiz, kitobga qiziqişini kuçaytirişimiz lozim. Farzandini öqiş va bilimga yönaltirişga ota-ona mas'ul hisoblanadi.

Hozir Özbekistonda qizlarning oliy ta'limga qamrovi öğil bolalarnikiga nisbatan kam. Töğri, pedagogika va til yönalişlarida köproqdir, tibbiyotda ham bor. Lekin axborot texnologiyalari, yurisprudensiya, neft-gaz, energetika sohalarida xotin-qizlarimiz soni kam», deb ta'kidladi Feruza Eşmatova.