Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan muloqot qildi.

– Toşkentda sifatli tibbiy xizmat va maktab ta'limiga qanday erişamiz? Meni şu savol qiynaydi. Sizlar bilan uçraşişdan maqsad – quyi tizimdagi masalalarni biliş, töğri yöl tutiş, – dedi davlatimiz rahbari.
2020 yil barça sohalar uçun katta sinov böldi. Tibbiyot xodimlari ham, öqituvçilar ham yangiça şart-şaroitda işlaşiga töğri keldi.
– Oğir sinovlar paytida birlaşdik. Bu sinovlar bizni izlanişga majbur qildi. Şuning uçun natija böldi, – dedi prezident.

Ayni paytda, pandemiya qaysi sohalarda oqsaş borligini, islohot, rivojlaniş yönalişlarini ham körsatib berdi. Joriy yil 30 oktabr kuni ta'lim-tarbiya tizimi, 6 noyabrda esa soğliqni saqlaş sohasi böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişlari şu maqsadga qaratilgan edi. Ularda muhokama qilingan dolzarb masalalar va bildirilgan takliflar asosida ta'lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantiriş, birlamçi tibbiy muassasalar faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qiliş, soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş böyiça Prezidentning farmon va qarorlari qabul qilindi.
Bugungi uçraşuvda ta'lim va tibbiyot sohalaridagi islohotlarning ahamiyati, ularni quyi tizimda amalga oşiriş çoralari haqida suhbatlaşildi.
Şavkat Mirziyoyev aholi soğliqni saqlaş tizimidan norozi ekanini ta'kidladi.
– Şifoxonadan çiqqan 20 nafar odam bilan gaplaşinglar, hammasini aytadi. Köpçilik tibbiy xizmatlar sifatidan norozi, – dedi prezident.

Aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, kasalliklarni erta aniqlaş va davolaşning ilğor tajribasini joriy etiş, tibbiyot muassasalari şaroitini yaxşilaş böyiça fikrlar bildirdi.
Soğliqni saqlaş va ta'lim tizimlari aholi salomatligi, yoş avlod kamolotida hamohang ekani ta'kidlandi.






















