Davlat rahbari Oliy Majlisga joriy yilgi murojaatnomasida kinematografiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratiş, zamonaviy kinoindustriyani rivojlantiriş, jumladan, yangi kinoteatrlar quriş lozimligini ta'kidlagan edi.
Şu maqsadda sohaga katta mablağ yönaltirildi. Xususan, «Özbekfilm»dagi barça pavilonlar ta'mirlanib, yangi kartinalar suratga oliş uçun şaroit yaxşilandi. Mazkur kinostudiya va hujjatli filmlar studiyasini zamonaviy texnikalar bilan jihozlaş davom etmoqda.
Prezident şu yerda kino san'ati faxriylari, rejissyorlar, soha mutacaddilari bilan suhbatlaşdi.

«Kino juda murakkab, xalqimiz, jamiyatimiz uçun muhim soha. Ilgari «Özbekfilm» studiyasi xaroba holga kelib qolgandi. Köp joylari, binolari ijaraga berib yuborilgandi. Mana, hammasi öz egasiga - kinoçilarga qaytarildi», degan davlat rahbari.
Yetarli e'tibor bölmagani sababli mamlakatimiz kino san'atida turğunlik paydo bölgani, faqat yengil-yelpi, tijorat kartinalari yaratilib, soha rivoji dunyodan ortda qolib ketgani, keyingi paytlarda e'tibor va rağbat berilgani bois kinoasarlar mazmuni özgargani, xususan, «Imom Termiziy», «Islomxöja», «Elparvar», «Qöqon şamoli», «101», «Ibrat» kabi tarixiy filmlar işlangani qayd etilgan.
«Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bölsayam, ma'nosi bor», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Özbek tomoşabini faqat çet el teleseriallari ta'siriga tuşib qolmasligi, aksinça, tariximiz, san'atimiz, adabiyotimiz, qadriyatlarimizni yaxşi bilişi, şu ruhda tarbiya topişi kerakligi ta'kidlandi.
«Kino - tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini oçişimiz kerak. Hozir mukammal filmlar yaratişga havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi haqida albatta film bölişi kerak. Bunga vaqt keldi», dedi davlat rahbari.

Eng sara özbek filmlari 100taligini tuzib, davlat va xususiy telekanallarda namoyiş qiliş böyiça tavsiyalar berildi.
Prezident milliy kino san'atimiz fidoyilarini e'tirof etiş maqsadida har bir hudud umumta'lim maktablariga Razzoq Hamroyev, Şukur Burhonov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Lutfixonim Sarimsoqova kabi el sevgan ijodkorlar nomini berişni taklif qildi.

















