Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya 15–22 noyabr kunlari AQŞda bölib, navbatdagi özbek-amerika maslahatlaşuvlarini ötkazdi.

Safar davomida, 17 noyabr kuni Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Vaşingtondagi Atlantika kengaşida AQŞning Markaziy Osiyo böyiça boş diplomati Jonatan Henik bilan uçraşdi.

TASS xabariga köra, uçraşuvda Özbekistonning Jahon Savdo Taşkiloti va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a'zoligi borasida ham söz yuritilgan.

«JSTga a'zo böliş Özbekiston uçun yuqori ustuvorlikka ega va biz uşbu taşkilotga qöşiliş jarayonlaridagi hamkorligi uçun AQŞdan minnatdormiz. Ötgan hafta Özbekiston Boş vaziri örinbosari Sardor Umrzoqov va AQŞ Savdo vaziri Uilbur Ross juda muvaffaqiyatli muzokaralar ötkazişdi. Yana bir bor AQŞ bizni qöllab-quvvatlaşiga işonç hosil qildik», – degan Sodiq Safoyev.

Uning qayd etişiça, Özbekistondagi bir qator mutaxassislar JSTga a'zolik mamlakatdagi «biznesning jahon miqyosidagi raqobatga tayyorligiga salbiy ta'sir körsatadi» degan xavotirda. Şu bilan birga, Safoyev «aholining katta qismi» ham, hukumat va parlament ham JSTga qöşiliş kerakligi borasida yakdil fikrga ega ekanini ta'kidlagan.

Senator YeOII haqida gapirar ekan, bu masala jamiyatda köproq qarama-qarşiliklarga sabab bölayotganini qayd etdi. U hisobga olinişi kerak bölgan faktorlar köpligini, ammo «uçta asosiy omil» borligini aytgan. Bular – YeOII mamlakatlaridagi millionlab özbekistonlik mehnat muhojirlari, yangi transport yölaklari va eksport uçun katta imkoniyatlar oçilişi.

«Bu – [YeOIIga qöşiliş] taşqi savdo siyosati mustaqilligini, kiçik va örta biznesning xorijdagi tajribaliroq hamkorlar oldidagi pozitsiyasini pasaytiradimi-yöqmi, şuni körib çiqyapmiz. <...> Bu masala hali oçiq», – degan Özbekiston Senati raisining birinçi örinbosari.

Öz navbatida, Jonatan Henik AQŞ Özbekistonning JSTga a'zoligini qöllab-quvvatlaşini eslatib, JST – katta kölamdagi uzoq yillik taşkilot ekanini, YeOII esa hali yoş va nisbatan kiçikroq birlaşma ekanini ta'kidlagan.