Hayotda har kim özi uçun töğri deb bilgan yöldan yuradi. Alloh tomonidan berilgan sinovlardan qanday ötiş insonning öz tanloviga boğliq. Umr atalmiş uzoq safarda inson yoruğ va zulmatli kunlarni boşdan keçiradi. Kimlardir oğir damda sabr ila yaşasa, ba'zilar boriga qanoat qilişni unutib qöyişadi. “Hayotiy hikoyalar” ruknining navbatdagi qahramoni Navoiy viloyatidan.
“20 yoşga kirmasimdan uylantirib qöyişdi”
Navoiy viloyatidanman. Yoşim 36da. Köp yillardan beri mexanik bölib faoliyat yuritaman. Topiş-tutişim yaxşi. Taqdir taqozosi bilan ikki marta oila qurdim. Birinçi uylanganimda endigina 19 yoşga kirgandim. Texnikumni endi tugatib, işga joylaşgan vaqtlarim edi. Onam uylantiriş payiga tuşib qoldi. Xohiş-istaklarimni hisobga olmay bizga qarindoş bölgan qizga uylanasan, deb turib oldi. Şu tariqa oila qurdim. Kunlar bir tekisda ötaverdi.
Bu orada ayolim özini ğalati tuta boşladi. Bir yigit bilan telefonda gaplaşadigan böldi. Oldin yaşirinça, keyin oçiqçasiga telefon qilib, men göşakni kötarsam ayolimni sörardi. Bu gapni ota-onamga aytganimda, onam tinçligimiz uçun köz yumişimizni aytdi. Tabiiyki, jahlim çiqdi. Har qanday erkak bunga çidab turolmaydi. Şunday bölsayam, könglini olişga harakat qildim. Bölmaydigani bölmas ekan: nimadandir janjal çiqarib, uyiga ketib qoldi. Töqqiz oy birga yaşadik. Qarindoşlar yaraştirişga harakat qilişdi. Ammo közidan xohlamayotgani bilinib turardi.
“Qizim va men bir-birimizni tanimaymiz”
Birinçi ayolimdan qizim bor. Yaqinda 16 yoşga kiradi. U buvisinikida yaşaydi. Biz bir-birimizni tanimaymiz. Çunki bunga har xil sabablar bor. Öşa paytlari 20 yaşar yigit edim. Otalik mas'uliyatini unçalik his qilmasdim.
Birinçi turmuşimiz omadsiz bölişida uning ham, mening ham aybimiz yöq. Ajraşişimga sababçi bölgan yigit keyinçalik ma'lum bölişiça, uyimgaça kelgan ekan. Farzand meniki ekanligiga şubha qildim. Töğri, bolada ayb yöq, biroq erkaklik ğururimdan ötolmay qizimni bağrimga bosolmadim. Farzand meniki yoki boşqasiniki ekanligini ayolimdan sörolmasdim. Oğir gapni kötarolmasdim. Şu paytgaça qizimning alimentini tölab kelyapman. Lekin otalik mehrini berolmadim.
Lekin ba'zi vaqtlarda öqiydigan maktabiga borib, uzoqdan körib kelganman. Bölgan işlarda ikkalamiz ham aldanganmiz, deb öylayman. Yaxşi körgan yigitiga juda işongan edi, men esa unga. Hozir ayolim umuman boşqa insonga turmuşga çiqib, bolalari bilan boşqa şaharda yaşaşyapti.













