Yangi qurilma özidan memristorni aks ettiradi. Olimlar özi orqali ötgan elektr zaryadiga boğliq holda öz qarşiligini özgartiruvçi xotira elementlarini şunday ataşadi.
Memristorlar zaryadni “eslab qolişi” mumkin, buning hisobiga ularni tranzistorlar örniga işlatiş mumkin. Memristorlar zamonaviy fleş-xotiralardan tezroq işlaydi, ularga köproq axborot yoziş mumkin.
Bungaça qalinligi atom ölçamiga yaqin bölgan yupqa materiallar memristor böla olmaydi deb hisoblangan. Biroq Ostindagi Texas universiteti olimlari ötkazgan tajribalar buni inkor etgan.
Yangi saqlagiçning sinovlari unga axborot yoziş ziçligi bir santimetr kvadratga 25 terabaytni taşkil qilişini körsatgan. Bu esa zamonaviy fleş-xotiralar ziçligidan 100 marta köproqni taşkil qiladi. Olimlar bunday qurilmalar neyromorf hisoblaş tizimlari, yangi radioaloqa tizimlari uçun asos bölişiga umid qilişmoqda.

















