Jahon | 00:09 / 25.11.2020
6541
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston Xitoyning yana 43ta mobil dasturini bloklab qo‘ydi

Hindiston hukumati mamlakatda Xitoy kompaniyalari ishlab chiqqan 43ta mobil dastur bloklanganini ma'lum qildi. Bu dasturlar orasida Alibaba kompaniyasining 4ta dasturi, jumladan AliExpress bor.

Foto: NDTV.com

Hindiston axborot texnologiyalari va elektronika vazirligi ushbu dasturlar “Hindistonning suvereniteti va yaxlitligi, mudofaasi, xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazishi”ni ma'lum qilgan. 

Xitoyda ishlab chiqilgan dasturlarning bloklanishi Hindistonning kiberjinoyatlarga qarshi kurashish markazining hisobotidan keyin amalga oshirilgan.  

Bu may-iyun oylarida Hindiston va Xitoy chegarasidagi to‘qnashuvlardan keyin Xitoyda ishlab chiqilgan dasturlarning Hindistonda uchinchi bosqich bloklanishi hisoblanadi. Iyun oxirida Xitoyning 59ta dasturi, sentyabrda esa yana 118ta dasturi bloklangandi. Oxirgi bloklash hisobga olinsa, Hindistonda Xitoyning taqiqlangan dasturlari soni 220taga yetdi. Ular orasida TikTok videoservisi ham bor.

Mavzuga oid