Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan joriy yilning 20-21 noyabr kunlari hududiy boşqarmalar hamda tizim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan işlaş mutaxassislari uçun Respublikamizda kadrlar siyosati,  davlat xizmatida olib borilayotgan yangiliklar  va islohotlar,  oçiq mustaqil tanlov jarayonlarini butun qişloq xöjaligi vazirligi tizimiga joriy etiş maqsadida öquv-trening maşğulotlari ötkazildi.

Mazkur öquv-treningda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Agrosanoat majmui xodimlari, kasaba uyuşmasi Respublika kengaşining malakali mutaxassislari iştirok etdi. Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda dolzarb bölgan tanlov jarayonlarining yanada şaffofligini ta'minlaş, xodimlarning ma'lumotlarini yagona milliy mehnat tizimi dasturiga kiritiş, mehnat munosabatlari kabi mavzularda iştirokçilarga  batafsil tuşunçalar berildi.

Öquv-trening dasturi mavzulari iştirokçilar talab va ehtiyojlari “TNA” tahlilidan kelib çiqqan holda tuzilgan bölib, “Soft skills”  yönalişi böyiça “Stressga çidamlilik” mavzusida amaliy trening maşğuloti ham ötkazildi.

Öquv-trening savol-javoblar, oçiq muloqot tarzida taşkil etilib, iştirokçilar barça yönalişlar böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atrofliça javob olişdi. Maşğulotlarning “ZOOM” dasturi orqali ham olib borilişi  barça tumanlardagi kadrlar buyiça mutaxassislarining bevosita iştirokini ta'minladi.

Ma'lumot uçun şuni aytiş lozimki, hozirda vazirlik tizimiga 24 nafar xodim Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi va uning hududiy filiallari bilan hamkorlikda taşkil etilgan mustaqil tanlov asosida işga qabul qilindi. Jumladan, vazirlikning markaziy apparati, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyat qişloq xöjaligi boşqarmalarida dastlabki oçiq tanlov jarayonlari ötkazildi. Şuningdek, bugungi kunda 17 ta vakant lavozimlar böyiça  oçiq tanlov ötkaziş uçun e'lonlar berilgan. Hozirda tanlov jarayonlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmokda.

Uşbu öquv-trening davomida xodimlar bilan işlaş yönalişining kelgusidagi strategik rejalari, sohada amalga oşirilayotgan islohotlarni çuqur anglay oladigan malakali kadrlar tarkibini şakllantiriş, ularni öqitiş va malakasini oşirişni tizimli taşkil etiş yönalişlaridagi vazifalar ham belgilab olindi. Öquv-trening yakunida yönalişda samarali mehnat qilayotgan, taşabbuskor va faol xodimlar esdalik sovğalari bilan taqdirlandi hamda iştirokçilar “Muqimiy” nomidagi özbek musiqali drama teatriga taşrif buyurib, madaniy hordiq çiqarişdi.