«Özbekistonda har kim bepul ta'lim oliş huquqiga ega. Elektron kundalik uçun tölov bolaning bu huquqini çeklamaydimi?» degan savolga XTV rasmiysi yöq deya javob berdi.

«Yöq, çeklamaydi. Sababi, kundalik yoki boşqa öquv anjomlari maktab tomonidan bepul berilmaydi. Ota-onalar har doim öz farzandlari uçun zarur barça narsalarni özlari xarid qilib kelişgan.

Elektron kundalikning joriy etilişi bilan qoğoz kundalikdan voz keçilmoqda. Bunda qoğozli kundalikning örtaça bahosi hisobi olinib, uning elektron muqobili uçun yillik obuna 9200 sömga baholanmoqda.

Şularni inobatga olib, Xalq ta'limi vazirligi joriy öquv yili boşlanişidan oldin elektron kundalik joriy etilayotgan maktablarning ota-onalariga qoğoz kundalik sotib olmaslikni sörab murojaat qilgan», – dedi Laylo Rustamova.

Uning aytişiça, kundalikning elektron talqini ota-onaga va bolaning boşqa yaqinlariga darslarni, uy vazifalarni, bolalarning davomatini uydan çiqmasdan turib, işdan çalğimagan holda va hatto çet elda turib ham nazorat qiliş imkoniyatini beradi.

«Uşbu kundalik yordamida ota-onada bolaning uy vazifasi, davomati, şarhlar, baholar, maktab hayotidan doimiy xabardor böliş imkoniyati mavjud. Agar uy vazifasini bajariş jarayonida bolada savol tuğilsa, u öqituvçisiga tizim orqali töğridan töğri murojaat qilişi ham mumkin. Öqituvçi esa, öz navbatida, öquvçilarga qöşimça öquv materialini taqdim etişi, video darsiga havola yuborişi mumkin böladi», – dedi vazirlik rasmiysi.

«Bu majburiy talab emas»

Laylo Rustamova ota-onalarda tanlaş huquqi borligini ta'kidladi.

«Ular uşbu tizim orqali farzandlarining bilim oliş darajasini nazorat qilişi va bu bilan uning sifatini oşirib borişi yoki elektron kundalikdan voz keçgan holda bolaning baholarini maktabga borganda bilib turişlari mumkin. Heç kimga heç qanday majburiy talab yöq.

Bilamizki, heç qanday yangilik osonlik bilan qabul qilinmaydi. Lekin aytiş joizki, elektron kundalikning afzalliklari juda köp. Bu birinçi navbatda öqituvçining vaqtini tejaşdir. Öqituvçilar endilikda qoğoz jurnalini töldiradigan vaqtini özi va öquvçilari ustida işlaşga sarflaşi mumkin böladi.