Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi qarorini tan olmadi
Boku Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini (TQR) tan olishga chaqirgan qarorini hujjat sifatida tan olmaydi, dedi Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyev.
“Avvalo shuni ta'kidlashni istardimki, ushbu rezolyutsiya Ozarboyjon uchun oddiy qog‘ozdan boshqa narsa emas. Tor siyosiy ambitsiyalar uchun qabul qilingan ushbu hujjat xalqaro huquq, BMT nizomi va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli qarorlarining qo‘pol ravishda buzilishidan tashqari, Fransiyaning Minsk guruhi hamraisi va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosi sifatida niyatlari va xolis faoliyati to‘g‘risida jiddiy savollar tug‘diradi”, – dedi Xajiyev.
“Senatning bunday tashviqotli qadami Fransiya siyosiy doiralari an'anaviy xurofotlarining yaqqol namunasidir”, – dedi u.
Fransiya Senati chorshanba kuni hukumatni TQRni tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi. Hujjatni qo‘llab-quvvatlash uchun 305 senator ovoz bergan bo‘lib, faqatgina bir senator ushbu rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlamagan.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026