Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya raketaga qarshi yangi tizimni sinovdan o‘tkazdi
Rossiyada raketaga qarshi yangi tizim sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.
Foto: TASS
Xabarda aytilishicha, sinov Qozog‘istondagi Sari-Shagan poligonida bo‘lib o‘tgan. Sinov aerokosmik kuchlarning havo va raketaga hujumiga qarshi mudofaa ekipaji tomonidan amalga oshirilgan.
Aerokosmik kuchlarning birinchi havo kuchlari va maxsus maqsadli ballistik raketa qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Andrey Demin yangi antiraketa “bir qator sinovlardan so‘ng belgilangan natijalarni ko‘rsatdi”, deya ta'kidlagan.
Mudofaa vazirligi so‘nggi marta oktyabr oyi oxirida Sari-Shagan poligonida raketalarga qarshi mudofaa yangi tizimi sinovlari to‘g‘risida xabar bergan edi. Bungacha sinovlar 2017 yilning noyabrida, 2018 yil fevral, iyul, avgust va dekabr oylarida hamda 2019 yil iyun va iyul oylarida bo‘lib o‘tgan edi.
Mavzuga oid
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
10:28 / 25.04.2026
AQSh Rossiya va Eron neftiga berilgan vaqtinchalik yengillikni bekor qilmoqchi
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026