Kun.uz muxbiri xabariga köra, sudlanuvçilar D. Hamraliyev (Andijon şahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida işlagan), Q. Qodirov (Andijon şahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida işlagan), E. Rayimjonov (Andijon şahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida işlagan), F. Husanboyev (Andijon şahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida işlagan), P. Mamajonov (Andijon şahar IIO FMB 4-sonli IIB bölimi boşliği lavozimida işlagan) va A. Töraqulovga (Andijon şahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatçilik qismi navbatçisi vazifasida işlagan) nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atining 2020 yil 27 noyabrdagi hukmiga köra:

D. Hamraliyevning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqça kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan çiqarildi, şuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismining “b” bandidan şu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. D. Hamraliyev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksi 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 2 yil muddatga içki işlar idoralarida hamda boşqa mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilandi;

Q. Qodirovning harakati Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan ortiqça kvalifikatsiya qilinganligi sababli aybidan çiqarildi, şuningdek uning harakati Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “b” bandidan şu moddaning 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilindi. Q. Qodirov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi, 234-moddasi 1-qismi, 235-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 2 yil muddatga içki işlar idoralarida hamda boşqa mansabdorlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilandi;