Xitoyning Tszyansu provinsiyasi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi Starbucks qalbaki qahva mahsulotlarini sotgan kompaniyani sudga berdi.
Qömita uşbu kompaniyadan 21 mln yuan (3,2 mln dollar) tölaşni talab qilmoqda, deb xabar beradi "Sinxua" agentligi.
2018 yilda Usi şahridagi bozorlarni tartibga soliş boşqarmasi Shuangshan Food kompaniyasi soxta bojxona deklaratsiyalari va mahsulot belgisidan foydalaniş litsenziyasi asosida göyoki AQŞning Starbucks kompaniyasida işlab çiqarilgan qahva mahsulotlarini sotganligini aniqlagandi.
Suriştiruv davomida Shuangshan Food qalbaki mahsulotlarni mamlakatning 18 provinsiyasidagi 50dan ortiq savdo kompaniyalariga sotib, 7 mln yuandan ortiq foyda olganligi ma'lum böldi.
2019 yil dekabrda uşbu iş böyiça ayblangan beş kişi beş yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Şuningdek, ular va Shuangshan Food kompaniyasi jami 10,48 mln yuan jarimaga tortilgan.
Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi arizasiga köra bölib ötadigan sud yakuni böyiça solinadigan jarima qöşimça jazo böladi, deya qayd etmoqda CGTN telekanali.

















