Efiopiyadagi uruş: hukumat Tigray markazi egallanganini ma'lum qildi, ayirmaçilar kuraşni davom ettirmoqçi
|22:07 / 29.11.202016 2259 min
Efiopiya qurolli kuçlari bir neça haftadan beri markaziy hokimiyat va Tigray ozodlik xalq fronti partiyasi örtasida qurolli ixtilof davom etayotgan Tigray ştati poytaxti Mekele ustidan nazorat örnatdi.
Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad Ali hukumat kuçlari harbiy amaliyotni yakunlaşgani va endilikda Tigray markazi - isyonçi kuçlar poytaxti Mekele şahri töliq nazorat ostiga olingani haqida ma'lum qildi. Harbiy harakatlar noyabr oyi boşida boşlangan va Afrika Şoxi mintaqasidagi vaziyat izdan çiqişi xavfi yuzaga kelgandi.
Bir neça kun oldin efiopiyalik harbiylar Sudan va Eritreya bilan çegaradoş bölgan şimoliy provinsiya - Tigrayga keng kölamli yuriş boşlagandi. Bu hujum haqida hudud yetakçilari va gumanitar taşkilotlar xabar berişgandi.
Sönggi xabarlarga köra, armiya Mekelega kirgan.
«Şuni mamnuniyat bilan xabar qilamanki, biz Tigray hududidagi harbiy harakatlarni yakunladik. Hozirda biz e'tiborimizni region tiklanişi va insonparvarlik yordami yetkazib berişga qaratganmiz, federal politsiyasi esa «Tigray ozodlik xalq fronti»ni tiyib turadi», deya yozgan boş vazir tvitterdagi sahifasida.
Hukumat harbiylari va «Tigray ozodlik xalq fronti» (TOXF) örtasidagi qurolli ziddiyat uç haftadan ortiq vaqt davom etayotgandi. Bu vaqt içida minglab kişilar halok bölgan, ön minglab kişilar qoçqinga aylangan. BMT keng miqyosdagi gumanitar inqirozdan ogohlantirgandi.
Noyabr oyi boşida boş vazir Abiy Ahmad Ali TOXFga qarşi harbiy amaliyot boşlangani haqida e'lon qildi.
2019 yilda qöşni Eritreya bilan köp yillik nizoni hal qilgani uçun tinçlik yönalişida Nobel mukofotiga sazovor bölgan Efiopiya boş vaziri xalqaro taşkilotlarning ayirmaçilar bilan muzokaralar stoliga ötiriş haqidagi çaqiriqlariga quloq solişni istamadi, «Tigray ozodlik xalq fronti» esa ğalabali yakunga qadar kuraşişni va'da qildi.
Efiopiya armiyasining general-leytenanti Hasan Ibrohim yakunlangan hafta davomida hukumat harbiylari Mekeledan şimolda joylaşgan Vikro şahri va atrofdagi boşqa kiçik şaharçalarni egallaşgani haqida ma'lum qilgandi.
Efiopiya hukumati tomonida turib jang qilayotgan amharalik jangçilar / AFP
Isyonçilar rahbari Debretsion Geberemaykl Reuters agentligiga bergan ma'lumotida Tigray poytaxtiga artilleriya orqali zarbalar yöllangani, hukumat harbiylari şaharni egallaş uçun yuriş boşlagani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
Geberemaykl «tigrayliklar öz mustaqilligini himoya qilişda davom etişi va bosqinçilarga qarşi oxirigaça kuraşişi»ni ta'kidlagandi.
Avvalroq Efiopiya hukumati ayirmaçi kuçlarga ultimatum qöygan - qurollarni topşiriş yoki Mekele qamal qilinişiga tayyorlaniş. Ultimatum muddati payşanbaga ötar keçasi yakunlandi. Juma kuni harbiylar yurişning «yakuniy bosqiçi» boşlanganini e'lon qilişdi.
Efiopiyalik harbiylar mintaqaga kirib kelişganidan keyin yuzlab kişilar halok bölgan, minglab kişilar boşpanalarini taşlab ketişga majbur bölişgan.
Ötgan kunlar içida Tigrayda nimalar bölgani haqida aniq va batafsil ma'lumotlar olişning, voqealarni mustaqil baholaşning imkoni yöq, çunki Tigrayda telefon aloqasi va internet işlamayapti.
Efiopiya boş vazirining aytişiça, qurolli kuçlar Mekele şahri egallangaç, harbiy harakatlarni töxtatişgan
Tigray poytaxtida nimalar bölmoqda?
Efiopiya armiyasi Mekele bir neça kun içida egallanişi, lekin qamal vaqtida bu şaharda yaşayotgan 500 ming kişilik tinç aholi vakillariga zarar yetkazilmasligi ma'lum qilgandi.
Reuters agentligi xabar qilişiça, boş vazirning matbuot kotibi Billen Seyum efiopiyalik harbiylar tinç aholi yaşaydigan tumanlarni öqqa tutmasligini ma'lum qilgandi. «Efiopiyaning Mekele va Tigraydagi fuqarolarining xavfsizligini ta'minlaş federal hukumatning ustuvor vazifasidir», degandi u.
Mekele egallangani haqida e'lon qilgan boş vazir, armiya şu vaqtga qadar «Tigray ozodlik xalq fronti» asirligida bölgan minglab askarlar ozod qilingani, şuningdek, armiya aeroport, jamoat institutlari, mahalliy ma'muriyat binolari va muhim muassasalarni nazoratga olgani, operatsiya «şaharning 500 minglik aholisini zarba ostiga qöymay amalga oşirişga muvaffaq bölingani» haqida aytdi.
Avvalroq «Tigray ozodlik xalq fronti»ning Agence France-Presse naşrida e'lon qilingan murojaatida xalqaro hamjamiyat artilleriya zarbalari va «ommaviy qotilliklar»ni qoralaşga çaqirilgandi.
Juma kuni boş vazir Abiy Ahmad Ali Afrika ittifoqi elçilari bilan uçraşuvda mintaqadagi tinç aholi himoya ostiga olinişi haqida gapirdi. Şu bilan birgalikda, harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça tinçlik muzokaralari muhokama qilinmagan, elçilar esa Tigrayga kirişiga ruxsat berilmagandi.
«Tigray ozodlik xalq fronti» esa kuraşni davom ettirişini ma'lum qilgan.
BMT Efiopiya armiyasi Mekelega hujum qilgudek bölsa, harbiy jinoyatlar sodir etilişi ehtimoli haqida ogohlantirgandi. Şuningdek, taşkilot gumanitar missiyalar xodimlari regionga kira olmayotganidan xavotir bildirgandi.
Çorşanba kuni Efiopiya hukumati tez orada hukumat tomonidan nazorat qilinadigan gumanitar yölak taşkil etilişini ma'lum qilib, bu yölakdan BMT xodimlari bilan kelişgan holda tinç aholi vakillari muhofazasi uçun foydalanilişini bildirgandi.
BMT ma'lumotlariga köra, noyabr boşidan beri qurolli ixtilof sababli Efiopiyadan qöşni Sudanga 43 ming kişi qoçib ötgan. Xalqaro taşkilotda ta'kidlanişiça, Sudanga qoçqinlarni yaqin 6 oy davomida saqlaş uçun 125 mln yevro zarur. BMT oziq-ovqat mahsulotlari tugab borayotgan 6 mln kişilik Tigrayga insonparvarlik missiyalari xodimlari kirişini ta'minlaşga çaqirgan.
Payşanba kuni efiopiyalik harbiylar Tigray va Sudan çegarasi böylab joylaştirildi. Qoçqinlarning ma'lumot berişiça, ular mahalliy aholiga mamlakatni tark etişga ruxsat berişmagan.
BBC muxbiri Enn Soy çegaraning Sudan tomonida bölib, çegaraning narigi tomonida önlab harbiylar turgani, çegarani kesib ötişga urinayotgan aholi oqimi esa sezilarli darajada kamaygani haqida xabar qildi.
«Tigray ozodlik xalq fronti» tarkibiga kimlar kiradi?
TOXF harbiylaşgan tuzilmalar va yaxşi harbiy tayyorgarlik körgan mahalliy isyonçilardan iborat bölib, uning tarkibida 250 mingga yaqin jangçi bor.
Ayrim tahlilçilar ziddiyat partizança xarakter olişidan - front jangçilari Mekele boy berilgaç ham hukumat harbiylariga hujumlar uyuştirişda davom etişidan xavotir bildirişgan.
Debretsion Geberemaykl Tigray jangçilari «mintaqa mustaqilligini himoya qiliş uçun ölimga tayyorligi»ni aytgan. Hozirda u taşkilot kuçlari Mekele atrofidan çekinganini tasdiqlagan.
Reuters öz diplomatik manbasiga asoslangan holda xabar berişiça, TOXF Mekeleda tinç aholi vakillarini safarbar qilgan: «Ular okoplar qazişgan, ularning barçasida AK-47 bor».
Tahlilçilarning hisoblaşiça, endilikda TOXF a'zolari toğlarga çekinişi, keyinroq federal kuçlarga qarşi partizanlik uruşi boşlaşi mumkin.
Nodavlat taşkilotlar ziddiyat gumanitar inqirozga olib kelişi va Afrika Şoxi mintaqasining barça davlatlaridagi vaziyatni izdan çiqarişi mumkinligidan xavfsiraşgan.
Efiopiya hukumati tomonidan tayinlangan inson huquqlari böyiça komissiya Tigraydagi yoşlardan tuzilgan guruh şu yilning 9 noyabrida May-Kadera şahrida mamlakatning turli hududlaridan kelgan 600 nafardan ortiq fuqaroni vahşiylarça öldirişda ayblagan. Komissiya xulosasiga köra, qurbonlarning aksari sovuq qurol bilan öldirilgan, ayrimlar esa tiriklay yoqib yuborilgan.
TOXF bu işga aloqadorligini rad etmoqda va xalqaro tekşiruv ötkazilişini talab qilmoqda.
Ziddiyat qanday rivoj topdi
Tigray - Efiopiyaning Eritreya va Sudan bilan çegaradoş bölgan provinsiyasidir. Olti millionlik aholining 95 foizi mahalliy tigray xalqiga mansub.
Tigray aholisi Efiopiyaning jami aholisi sonida 7 foizlik uluşga ega, ammo aynan şu xalq vakillari köp yillar davomida hukumatda va Efiopiya armiyasida muhim pozitsiyalarni egallab kelişgan.
Tigray hududida Aksum şahri joylaşgan, milod boşlarida bu yerda hozirgi Efiopiya örnidagi ilk davlat tuzilgan
9 sentabr kuni Efiopiyada umummilliy va mahalliy saylovlar ötkazilişi belgilangandi, ammo Abiy Ahmad Ali hukumati saylovlarni koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga qoldirdi.
Geberemaykl boşçiligidagi Tigray muxtor provinsiyasi rahbariyati federal hukumat talabiga böysunmasdan saylovlarni ötkazdi va «Tigray ozodlik xalq fronti» unda mutlaq ğalabaga erişgani e'lon qilindi.
Abiy Ahmad Alining kabineti tigrayliklarning saylovi noqonuniy ötganini ma'lum qildi. Öz navbatida provinsiya rahbariyati markaziy hukumatning vakolat muddati tugagani va saylovlar ötkazilmagani uçun unga böysunişdan boş tortdi.
Noyabr oyi boşida Abiy Ahmad Ali ayirmaçilarni federal armiya bazasiga qurol-yaroğlarni öğirlaş maqsadida hujum uyuştirişda aybladi va armiyaga Tigrayga yuriş qilişga buyruq berdi.